Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


 O‘zbek xalq mentalitetida uzviyligi va o‘ziga xosligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

4.4. O‘zbek xalq mentalitetida uzviyligi va o‘ziga xosligi 
Markaziy Osiyo-qadimdan o‘zining boy tabiiy resurslari va iqlim sharoiti
qulay geografik joylashuvi bilan qadim va o‘rta asrlarda Sharq va G‘arb 
mamlakatlarini ilk bor o‘zaro bog‘lagan qitalararo karvon yo‘li “Buyuk Ipak yo‘li 
chorahasida joylashgani, bir vaqtlar iqtisodiy imkoniyatlari bilan yirik davlatlarning 
diqqat markazida bo‘lib kelgan. G‘arbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin 
va qimmatbaho toshlarga tenglashti-rilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari 
Yevropadan jangchilar yollashgan va qo‘shni “varvar”-german va slavyan 
qabilalarining hukmdor-larini o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan, chunki ipak ularda 
yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda uch buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, 
Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat ob’ektiga 
aylangan. 
Buyuk ipak yo‘li atamasi qadimda ishlatilmagan, uni tarixi, o‘tmishda 
o‘rganilmagan, bu yo‘lning tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o‘rganish, 
yaqin o‘tmishda XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. “1877 yilda mashhur nemis 
olimi Karl Rixtgofen o‘zining “Xitoy” nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo 
materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini “Ipak yo‘li” deb atagan
keyinchalik “Buyuk ipak yo‘li” atamasi qabul qilingan. 
1987 yilda YuNESKO madaniy taraqqiyot bo‘yicha BMTning umumjahon 
dekadasi doirasida “Ipak yo‘li-muloqot yo‘li” xalqaro dasturini qabul qildi. Bu 
dastur O‘rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni 
nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi- Sharq bilan G‘arb o‘rtasida yanada 
mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, ushbu buyuk qit’alarda 
yashovchi ko‘p sonli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashdan 
iborat”.
50
XXI asr dunyo xalqlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, shu 
jumladan o‘zbek xalqi tarixi, ma’naviyati, madaniyati va milliy o‘zligini anglash, 
o‘rganish sohasida yangi zarvaraqlarni ochmoqda. Sobiq Sho‘rolar davrida o‘zbek 
xalqining o‘tmishi, tarixini o‘zlari istagandek buzib talqin etishdi, ammo mustaqillik 
tufayli nafaqat iqtisodiy, siyosiy va boshqa shu kabi soxalarda balki o‘zbek 
xalqining ko‘hna davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan 
qator salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda. 
A. Ashirov fikriga ko‘ra”Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning 
mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz 
borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti. Tarixda ma’lumki, dunyodagi 
har bir millatning shu jumladan o‘zbeklarning ham aqliy ruhiy qiyofasi ya’ni milliy 
50
Докашева Е. Великий Шелковый путь. Полная история-М.:2020. 


58 
mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etniq tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakl-
langani bois, uning jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy 
jarayonlarga bo‘lgan munosabati ham turli bo‘lishi shubhasiz”.
Zero, o‘tmish ajdodlarimiz, Markaziy Osiyoning markazida joylashgani 
tufayli bu xududida yashagan xalqlar tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti va boshqa 
shu kabi hodislarni rivojida yetakchilik qilgan. Jumladan, milliy o‘ziga xoslik 
jihatlarini kashf etish uchun uzoq, tarixiy davrni bosib o‘tdi. O‘tmishda sodir bo‘lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqeyliklar, tabiiy geografik joylashuvi, etnomadaniy 
aloqalar va diniy mansubliklarni o‘zaro integratsiyasi tufayli o‘zaro uzviylik hamda 
o‘ziga xoslik jihatlari qaror topdi. O‘troq aholi, yarim ko‘chmanchi ovchi aholi va 
ko‘chmanchi chorvadorlarning aynan mana shular hamda xalqning ruhiypsixologik 
karashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi. 
“O‘zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so‘z yuritishdan oldin shuni 
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqi 4 ta katta diniy-mafkuraviy bosqichni 
(zardo‘shtiyliq, buddaviylik, islom, kommunistik) o‘z boshidan kechirganligi va har 
bir mafkuraviy-diniy ta’sirlar davri tugaguncha necha avlodlar almashganini va bu 
jarayonlarning millat fe’l-atvorida o‘chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak” –
degan g‘oyani ilgari suradi, M.Bekmurodov. 
O‘zbek xalqining etnogenezi uzoq tarix, o‘tmishga dahldor bo‘lib, etnik jihati 
ham ko‘p tarmoqli ekanligi uning mentalitetida barcha Markaziy Osiyo xududida 
yashagan turli urug‘ va sotsial qatlamlar uchun umumiy jihatga ega. G‘arb va 
Sharqning o‘zaro bog‘lovchi xududda yashaganligi uning milliy an’ana, marosim va 
urf-odatlarida ham ko‘pchilik manfaatlarini himoya, xurmat qiluvchi fe’l-atvor 
uning fazilatiga aylangan. Sharqliklarga hos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilik va 
g‘amho‘rlik kabi ezgu jihatlar, og‘ir sharoitga tushgan yordamga muhtoj kimsaga 
nisbatan amdardlik hamda yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni 
ta’minlagan. Til, dil va fikr birligini saqlash, otashparrastlik davrida vujudga kelib, 
Islom davrida yanada qadr topdi.
O‘zbek xalqi istiqomat qilgan xududlartabiati, iqlimi kabi insonlarning 
intellektual ma’naviy qiyofasi-mentaliteti rang-barang hamda betakrordir. 
Amudaryo suvlari yuvub turgan xorazmliklar tabiatida jo‘shqinlik va quyoshni 
olovlik tafti mujassam bo‘lgan. Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi o‘troq 
dehqonchilik, me’morchilik va hunarmandchilik madaniyatiga baho berishda bu 
borada avtoxton xalq sifatida xalqimizning ona tabiat, olov, suv, tuproq va havoni 
e’zozlash bilan bog‘liq turfa odat bor. Jumladan, Navruz rutubatli qishni kuzatish, 
olamni yashnatuvchi ko‘klam sog‘inchida ona tabiatga ehtirom ko‘rsatuvchi ko‘p 
asrlik an’analar mujassam bo‘lgan.
Mehrjon, sada, gul sayli va hosil bayrami kabi sayllarning negizida nafaqat 
tabiatni olqishlash balki shu kunlarga yetkazgani uchun shukronalik, bergan rizq-
nasiba minatdorlik va ehtirom kabi marosimlarni hamjihatlikda o‘tkazish faqat 
turkiylarga xos jihat bo‘lsa ajab emas. Uzoq yillik yaxshi qo‘shnichilik, e’tibor, 
e’zoz va xurmat ko‘rsatish o‘zga xalqlardan ayri rivojlanmagan, ayniqsa o‘zbek 
milliy mentalitetida forsiy zabon xalqlar va arablarning ta’siri katta bo‘lgan. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling