Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-ma’ruza. Tilshunoslik fanining mazmuni, predmeti va metodi. Til asosiy aloqa vositasi


Download 23.73 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi23.73 Kb.
#1292040
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

Filologiya (yun. philologia ‒ soʻzni sevish, soʻzga mehr) ‒ gumanitar fanlar ‒ tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va boshqa ning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan. Yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan tahlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi. Asosiy diqqat eʼtiborni matnga qaratish, unga yordamchi sharxlar yaratish (filol. asarlarning eng qad. shakli) orqali filologiyani shu nuqtayi nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan. Yaqin Sharqdagi qadimgi yuksak taraqqiy etgan madaniyatlar filologiyadan deyarli bexabar boʻlgan, oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ham unga yetarlicha eʼtibor berilmagan. Ayni paytda filologiya, falsafaning vatani, qadimgi Hindiston va Yunonistonda soʻz va nutq ustida fikrlash, uni tahlil qilish tarzida, falsafa bilan uygʻunlikda paydo boʻlgan. Falsafadagi mavhumlikka intilish bilan filologiyaning aniqligi, konkretligi oʻrtasida keyinchalik roʻy bergan ixtiloflarga qaramay, falsafa va filologiyaning dastlabki yaxlitligi, bir butunligi tasodifiy boʻlmagan: filologiyaning yuksalish, oʻta rivojlanish davrlari koʻpincha gnoseologik tafakkurning buyuk davrlaridan (mas, ellinistik dunyoda ‒ Aristoteldan, 17-asrda Yevropada ‒ R.Dekartdan, 19-asrda Germaniyada ‒ I.Kantdan) soʻng roʻy bergan.
Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan aloqasi:
filologiya – tilnning vazifasi va strukturasi;
falsafatilning mohiyati, til va jamiyat, til va madaniyat muammolari;
mantiqtil shakllarining inson tafakkuriga to‘g‘ri kelishi, mantiqiyligi;
tarixtarixiy o‘zgarishlarning tilga ta’sir etishi, tillarning aralashuvi;
arxeologiyatil egalarining migratsiyasi (ko‘chishi), tirik va o‘lik tillar;

Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling