Ma’ruza mashg'ulotlari 1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja
Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar
Download 187.97 Kb.
|
Ma\'ruza mashg\'ulotlari 2023
3. Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar.
Mafkuraviy tahdid - jamiyat, davlat, yoki xalq, millat, elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. Mafkuraviy tahdid - ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga singdirishi. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Masalan, keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzod tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil. Aslida, menining nazarimda, odamning qalbida ikkita kuch- bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib etmaydi”. Darhaqiqat, bugun olimlarimiz tomonidan bunday tahdidlarning millat va jamiyat taraqqiyoti uchun, ma’naviy parokandalikni keltirib chiqarishga qaratilgan zararlari ilmiy asosini topib bormoqda. Prezidentmizning fikri naqadar to‘g‘ri ekanligi-ni olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Bundan etti -sakkiz yil ilgari AQShning Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirgani, oxiri o‘zlarining joniga qasd qilgani haqidagi shov-shuv dunyoga tarqaladi. Kompyuterdagi mashhur “DOOM” o‘yinidan ta’sirlangan bolalar ana shunday mudhish qotillik sodir etdilar. Bugungi kunda “Ma’naviy tahdid” tushunchasi keng ishlatilmoqda. Ba’zida bu tushunchaning ma’nosini anglash qiyin kechmoqda. Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Chunki “Tahdid” so‘zi xavf- xatar, xuruj va buzish ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi. Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar paydo bo‘ladi.. O‘zbekiston uchun ham shunday rang-barang munosabatlar davom etmoqda. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar har bir insonga qaratilgan. Bundan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yish. Diqqat qilsak ma’naviy tahdidlaming barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtai nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Chunki uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi. S.M.Yo‘ldosheva tadqiqotlariga ko‘ra, ma’naviy tahdidlar bir necha ko‘rinishdan iborat bo‘lib, birinchi ko‘rinish mafkuraviy xurujlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda asosiy e’tibor shaxs fikrini buzish, shaxs dunyoqarashini aynitish va shaxs pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratiladi. Noto‘g‘ri fikrlash, mutaassibona dunyoqarash va zararli hayotiy pozitsiya shaxsning mafkuraviy nosog‘lomligini anglatadi. Ma’naviy tahdidning ikkinchi ko‘rinish g‘oyaviy tahdiddir. Bu xuruj ham uch ma’noga ega bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs xulq-atvorini aynitish, shaxs axloqiy munosabatlarini izdan chiqarish va shaxs muomalasini buzishga qaratiladi. Zararli xulq- atvor, nosog‘lom axloqiy munosabat va qo‘pol muomala shaxsning xulqi zaifligidan dalolat beradi. Ma’naviy tahdidning uchinchi ko‘rinishi informatsion xujumdir. Bunda asosiy e’tibor shaxsga noto‘g‘ri ma’lumot berish, shaxs bilimini primitlashtirish va shaxs faoliyatini zaiflashtirishga qaratiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish, sayoz bilimlilik va samarasiz faoliyat shaxsning madaniy oqsoqligidan dalolatdir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlar jamiyat kishilarini johil kimsalarga aylantiruvchi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlaridir. Download 187.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling