- ijtimoiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- iqtisodiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- siyosiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ma’naviy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- fan va texnika sohalaridagi axborot-psixologik tahdidlar;
- harbiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- xavfsizlik sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ekologiya sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ta’lim-tarbiya sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- tibbiyot sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- madaniyat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- oziq-ovqat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- boshqaruv sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar va b.
2. Diniy tahdid va ularning kelib chiqish
Din - jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.
Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu - diniy g‘oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jrayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish yo‘nalishlari turli tumandir.
Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘ -qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo‘lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy bo‘linishida bo‘lib qolmoqda. Aynan mana shu bo‘linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma’naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan «din» - azob beruvchi, ma’naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo‘lib qolmoqda.
Savol: insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi, uning qalbida yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg‘otish uchun asrlar osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg‘alarning bosilishiga kim yoki nima sabab bo‘lmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |