Ma’ruza mashg'ulotlari 1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja


Download 187.97 Kb.
bet37/63
Sana30.10.2023
Hajmi187.97 Kb.
#1734969
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'ulotlari 2023

Milliy nizo turlari va taxdidlar.
XXI asr bo‘sag‘asida tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, u yoki bu davalatning, millatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti, uning kelajagi mazkur millatga xavf solayotgan tahdidni angalab etish salohiyati va qobiliyati darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashini chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish lozim.
“Tahdid” fenomeni, uning siyosiy jihatlari sayyoramizning turli mamlakatlarida ijod qilayotgan zamondosh tahlilchilar hamda siyosiy va jamoat arboblarining e’tiborini ham o‘ziga tortib kelmoqda. Shu jumladan, Reyshauer, Nibur, Xantington, Kissinjer (AQSh), Toynbi (Angliya), Turen (Fransiya), Moiseev (Rossiya), qolaversa “Rim klubi” va Paguosh tinchlik harakati kabi ilmiy-amaliy muassasalar rahbarlari va fidoiylari faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin.
“Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy leksikonga Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentyabrda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan nutqida birinchi bor kiritildi. Shunday ekan, mamlakatimizda “Tahdid” va uni barataf qilishning ilmiy va amaliy asoslarini ochib berish, ularga chuqur tahlil berish bevosita I.Karimov nomi bilan bog‘langan. Bugungi kunda bu mavzuga daxldor masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi, mamlakatimiz jamiyatshunos olimlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Uning mohiyati va funksional jihatlari barqarorlik, xavfsizlik, fuqaroviy hamjihatlik va taraqqiyot kabi global muammolar bilan uyg‘un holda tadqiq etilmoqda.

Download 187.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling