Ma’ruza mashg'ulotlari 1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja


- Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlari va tahdidlar


Download 187.97 Kb.
bet14/63
Sana30.10.2023
Hajmi187.97 Kb.
#1734969
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'ulotlari 2023

6- Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlari va tahdidlar
Reja:
6.1.Ijtimoiy tarmoqni axborot maydoniga aylantirish
6.2. An'anaviy ommaviy axborot vositalari o'rnini ijtimoiy tarmoqlar egallaydi
6.3. Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarning jalb etilishi
6.4. Ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish
Kalit so’zlar va tushunchalar: Internet, axborot, server, IIS, sayt, Internet, dastur, RED, virtual, to'plamlar, axborot urushi, xavfsizlik administratori, kreking, hack, xavfsizlik administratori, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ijtimoiy muhandislik, DoS hujumi, hujum , jismoniy kirish, kuzatuv kamerasi, moliyaviy javobgarlik, ehtimollik, vakillik, tarmoq xavfsizligi, sir.
Maqsad: Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining internet makonidagi faoliyati samaradorligini tahlil qilish
6.1.Ijtimoiy tarmoqni axborot maydoniga aylantirish
Jamiyatning barqaror taraqqiyoti sharoitida, jamiyatda ommani zararli axborotlardan himoya qilish va milliy saytlarni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda ilmiy asoslangan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarning internet tarmoqlariga mansub bo‘lgan, innovatsion texnologiyalarga asoslangan xorij tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, jahonda global internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning soni muntazam oshib bormoqda, global internet xizmatidan 20 yil avval 4,1% kishilar foydalangan bo‘lsa, ushubu ko‘rsatkich 2019 yilda 4,5 milliardni tashkil qildi, ya’ni bugungi kunda yer sharida yashovchi 58,8% aholi ushbu axborot tarmog‘idan foydalanadi.
Jahonda axborotning ijtimoiy fikrni shakllantirishi va texnologik taraqqiyotga ta’siri tobora faollashayotgan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayondagi o‘rni va roli kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda «dunyo aholisining 58,8% i Internet tarmog‘idan foydalanadi, u o‘zaro bog‘langan axborot dunyosini tubdan o‘zgartirdi, mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar va avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qildi va u yoshlar hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda». Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. Dunyoda axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal sur’atda insoniyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy intellektual hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fanlar tizimida “ijtimoiy tarmoq” iborasi birinchi bor Jon Berns (Jn A. Barnes) tomonidan 1954 yilda kiritilgan. Uning fikricha, bir individning atrofidagi ijtimoiy tarmoqning kattaligi taxminan 150 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyinchalik u gumanitar fanlarning turli sohalari, jumladan sotsiologiyada ham muntazam qo‘llanila boshlandi. Bu sohada Ya.Moreno tomonidan eksperement olib borilgan va u “Ijtimoiy tarmoqlar tahlili” fan tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, algoritmik axborot nazariyasini sun’iy intellekt yaratish ustida ijtimoiy tarmoqlar nazariyasining yetakchilari sifatida g‘arb olimlari R.Solomonoff va A.Rapoportlarning bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. 1959-1968 yillarda venger matematiklari P.Erdyosh va A.Reni ijtimoiy tarmoqlar shakllanishining prinsiplarini ta’riflovchi maqolalar nashr etdilar. D.Uotts va S.Strogach ijtimoiy tarmoqlar nazariyasini rivojlantirib, klasterlashtirish koeffitsientini ilmiy muomalaga kiritdilar.
XX asrning 70-chi yillarida sotsial tarmoqlarga oid tadqiqotlarning sotsiologik va matematik usullari majmuasi shakllandi va ular ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi zamon tahliliga ilmiy asos bo‘ldi. Keyingi chorak asr davomida shu sohada ish olib borgan olimlar tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning tahliliga asosiy 4ta yondashuv mavjud.20 Bular: 1) Tuzilmali yondashuv (asosan tarmoqning geometrik shakliga e’tibor beriladi); 2) Resursli yondashuv (aktorlar imkoniyatlari ularning resurlariga qarab tasniflanadi, bunda individual resurslar sifatida bilimlar, boylik, nufuz v.h. ko‘rib chiqiladi); 3) Normativ yondashuv (aktorlar orasidagi ishonch darajasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda aktorlarning hulq-atvori va o‘zaro hamkorligiga ta’sir qiladigan norma, qoida va sanksiyalar o‘rganiladi); 4) Dinamik yondashuv (vaqt o‘tishi davomida tarmoqlardagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratiladi).
Ijtimoiy tarmoq fenomenining global virtual muloqot tizimidagi o‘rni, jamiyat rivojlanishi va unga axborot texnologiyalarining jadallik bilan kirib kelishi ijtimoiy tarmoqlar tushunchasini yanada kengaytirdi va ulardan foydalanish shaklini o‘zgartirdi.
Sotsial tarmoqlar yangi fenomen bo‘lib, uning tashuvchilari nafaqat so‘zlar, balki rasm, surat, kino, video, tovush, veb-sahifa kabi, axborot yoki matnni tashuvchisi sifatida namoyon bo‘la oluvchi har qanday ob’ekt bo‘lishi mumkin. Zamonaviy postindustrial-axborotlashgan jamiyatlar rivojlanishi natijasida sotsial tarmokdagi axborotga bo‘lgan talab ortib borib, an’anaviy ommaviy axborot vositalariga bo‘lganidan ham qolishmaydigan darajaga yetdi. Dunyodagi eng katta sotsial tarmoq bo‘lmish Facebook 2012 yil yakuniga ko‘ra 1 mlr.dan ortiq faol foydalanuvchiga ega. Shu bois, milliardlab odamlar uchun axborot manbai sifatida xizmat qiluvchi sotsial tarmoqlarning bir shakli, ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omilar uyg‘unligi ta’minlash mmuhim ahamiyat kasb etishini taqozo qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar transformatsiyasini madaniy omillar ta’siri kontekstida tahlil qilish ularning regulyativ funksiyasi va intellektual salohiyatini e’tiborga olgan holda, jamoatchilik nazoratini samarali institutsional mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Download 187.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling