Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Nаmunа Tоshkеnt tibbiyot kоllеji


Download 245.54 Kb.
bet79/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Nаmunа


Tоshkеnt tibbiyot kоllеji
Hаmshirаlik bo‘limi bоshlig‘i
dоts. K. Umаrоvаgа
I kurs tаlаbаsi Zаrinа
Nizоmоvаdаn


Tushuntirish xаti

Bеtоb bo‘lib qоlgаnligim tufаyli mаshg‘ulоtlаrgа qаtnаshа оlmаdim. Bеtоbligim hаqidаgi tibbiy mа`lumоtnоmа ilоvа etildi.


1999.20.02. imzо Z.Nizоmоvа


Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot BILDIRISHNOMA deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘llanishiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim boshlig'i nomiga yoziladi. U toza qog'ozga qo‘lda, mashinkada yoki kompyuter yordamida yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
Tashqi bildirishnoma, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog’oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‘z aksini topadi.
BAYONNOMA

  • Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilganqarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.

  • Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir.

  • Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.

  • Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar.

  • Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ishjoyi ko‘rsatiladi) keltiriladi.

  • So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.

  • Asosiy matndagi uch qism: ESH1TILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.


Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling