muassasa nomi
MATN SARLAVHASI (“... HAQIDA”)
DALOLATNOMA
Sana tuzilgan joyi
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)___-raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning ___-raqamli qarori)
Raisi: (shaxs lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
A’zolari: 1. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
2. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
3. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) dan
iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
__________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
Ilovalar:
Komissiya raisi (imzo) I. O. Familiyasi
Komissiya a’zolari (imzolar) I. O. Familiyalari
Ishtirok etganlar I. O. Familiyalari
MA’LUMOTNOMA
Bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjat ma’lumotnoma deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
XIZMAT MA’LUMOTNOMASI
Muassasa faoliyatiga doir voqеa-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi lozim. Masalan: «Kontrakt to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar soni haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana ko‘rsatiladi. Masalan: «2009- yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |