TA’MIRLASH ISHLARINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
FARMOYISH
2021-yil 15-fevral № 5
Toshkent
3-sex avariya holatiga tushganligi munosabati bilan
YUKLAYMAN:
1. 3-sexda zudlik bilan ta’mirlash ishlari o‘tkazilsin.
Mas’ul: Ta'mirlash-texnika bo‘limi boshlig‘i D.I. Ma'rufov.
Bajarish muddati: 2021-yil 21-fevral.
2. Ta’mirlash ishlarini nazorat qilish 3-sex boshlig‘i
S. Turopovga topshirilsin.
Korxona Shaxsiy
Direktori imzosi R. Shodmonov
Rozilik belgisi
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma - asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismidan oldingi hamma qismlarini qamrab oladi. Buyruqning farmoyish qismidan esa faqat aniq holat uchun zarur bo‘lgan ma’lumot olinadi. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to‘g‘ri» jumlasi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi. Buyruqdan ko‘chirma elektron shaklda olinganda, elektron raqamli imzo yoki QR kod bilan yoxud boshqa himoya vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
YANGIYO‘L «LAZZAT» BIRLASHMASIDA
BUYUMLAR VA MOLIYAVIY YO‘QLAMA
O TKAZISH HAQIDA
2019-yil 25-noyabr 405-son
Yangiyo‘l shahri
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
Qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimlik sanoati korxonalari uyushmasining 2019-yil 19-noyabrdagi 03-99-raqamli buyrug‘ini bajarish borasida birlashmada tovar-moddiy qimmatdor buyumlar, korxona mulki, ishlab chiqarishning tugallanmagan asosiy mablag‘lari, balansdagi hisob-kitob va boshqa bandlarida turgan pul mablagiari yuzasidan buyumlar va moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun
|
Do'stlaringiz bilan baham: |