Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu: Diqqatning rivojlanishi va buzilishi


Download 379.91 Kb.
bet23/45
Sana14.05.2023
Hajmi379.91 Kb.
#1459509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
Umumiy psixologiya UMK

11 Mavzu: Diqqatning rivojlanishi va buzilishi.
Reja:
1.Diqqatning miya mexanizmlarining yetilishi.
2. Bola diqqatining rivojlanishini umumiy ocherki.
3. Diqqat rivojlanishiga klassik yondashuv. Diqqat va diqqatning shakllanishi.
4. Diqqat va qarilik. Diqqatning buzilishi va uni diagnostika qilish.
4. Parishonxotirlik va uni bartaraf etish.
5. Diqqatning buzilishini klinik jihatdan tadqiq etish va uning diagnostikadagi ahamiyati.
6. Diqqat tanqislik sindromi. Diqqat va faoliyat.
Diqqat o’zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo’zg’atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo’lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lgan ob’ektlar bilan ko’proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola yetarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko’rishi, og’ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo’lgan qiziqishi yaqqolroq ko’rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to’la rivojlanganligidan dalolat beradi. Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo’la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog’liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o’zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo’lganlami bajarishga o’rgatib boradilar. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin jarayonida bola o’z harakatlarini o’yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo’naltirishni o’rganadi. Ko’pchilik jismlar va hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlami farqlash malakasining asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish va o’yinlar o’ynash, boshqa jismlar va o’yinchoqlami o’ynatish - bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining yetarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg’iydi, uning diqqati o’ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o’z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg’ulotlari jarayonida bola intizomga o’rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o’tish lozimki, maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o’tadi. Boshlang’ich sinflarda bola mashg’ulotlarda o’z hulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qifadi. 183 Yuqori sinflarda o’smiming ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko’tariladi. O’quvchi yetarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug’ullana oladi, o’z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko’zda tutish lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o’zi emas, balki, yosh xususiyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi. SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo’lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo’lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.

Diqqaming salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqami uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqaming osongina va tez-lez bo’linib turishida namoyon bo’lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko’rinishi ko’pincha ish qobiliyati susayib ketishning va xufq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.


Parishonxotirlikning sabablari har xildir, Parishonxotirlik shaxsning barqaror xislati sifatida ixtiyoriy diqqaming sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va noto’g’ri tarbiya natijasi(bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi, taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo`lishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlikka qarshi avvalo shaxsda irodaviy sifatlarni shakllantirish yo’li bilan kurash olib borish kerak. Parishonxotirlikni bola salomatligining yaxshi emasligi, nerv tizimining umuman buzilganligi bilan izohlash mumkin. Parishonxotirlik haddan tashqari hissiy hayajonlanish, yoxud charchash oqibati sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish kuni va haftasining oxirida namoyon bo’ladi. Pedagogik ish tajribasida diqqami tarbiyalash maqsadida parishonxotirlikning barcha sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi shart.
Qachonki, kishi ishga berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari bilan bo’lib, mashg’ul bo’lgan ishidan boshqa hech narsani ko’rmayotgan va eshitmayotgan hollarda ham "parishonxotirlik" haqida so’z yuritiladi. U masalan tevarak-atrofdagilarga e'tibor bermaydi, o’ziga qaratilgan savollarga parvo qilmaydi. Bunday "parishonxotirlik" diqqaming yorqin ifodalagan holdagi tanlanganligidan, uning behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqami eng ko’p darajada jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi, Lekin diqqaming faqat bir ob'ektga qaratilganligi uning taqsimlanishi va ko’chirilishida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-atrofdagi olam bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning uchun ham unga diqqaming nuqsoni sifatida qaraladi,
Maktab hayotidagi parishonxotirlik "qoidaga sig’maydigan" deb atalmish xatolarda dars paytida o’quvchida tegishu maktab anjomlari yo’qligining ma'lum bo`lishida, o’quvchining dars jarayoniga yetarlicha jalb etilmaganligida va shu kabi boshqa hollarda namoyon boladi. Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda parishortxotirlik juda ko'p uchraydi.

Download 379.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling