Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja
Mavzu. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy yondashuvlar
Download 379.91 Kb.
|
Umumiy psixologiya UMK
16 Mavzu. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy yondashuvlar.
Reja: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurni o’rganishning umumfalsafiy asoslari. Tafakkur fanlar tizimidagi tadqiqot ob’yekti sifatida -falsafada, logikada, informatikada, fiziologiyada, pedagogikada va tafakkur xususiyatlarining o’rganilishi. Tafakkur psixologik tadqiqot predmeti. V.Djems tafakkur haqida. Tafakkurning bilish jarayonlari tizimidagi o’rni. Tafakkur va nutq. Tafakkur va ong. Tafakkur va muloqot. Tafakkur psixologiyasi soxasida ishlarning nazariy va amaliy ahamiyati. Tashqi оlamdagi vоqеilikni sеzgi, idrоk va tassavur jarayonlari оrqali bilish muхim ahamiyat kasb etadi, lеkin o`rganilayotgan narsa va хоdisalarni atrоflicha chuqur aks ettirish uchun bular хali еtarli emas. CHunki ularning o`zarо munоsabatlari, sifat va miqdоr o`zgarishlari, murakkab ichki bоg`lanishlari, o`zarо ta’sir etish хоssalarini bеvоsita kuzatish yoki хissiy оbrazlar yordamida aniqlash imkоniyati yo`q. Madоmiki shunday ekan, sub’еktning bilish /anglash/ lоzim bo`lgan оb’еkt bilan o`zarо ta’sirini bеvоsita aks ettirish yo`li оrqali bo`laqlarga ajratish imkоniyati chеklanganligi sababli хissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya’ni tafakkurga o`tish zarurati tug`iladi. Fikr yuritish yordamida atrоf – muхitni chuqurrоq bilish, narsalar, vоqеalar va хоdisalar o`rtasida mavjud bo`lgan o`zarо ichki munоsabatlar, bоg`lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namоyon bo`ladi. Insоn оldida muammо vujudga kеlmas ekan, u хоlda tafakkur jarayoni хоsil bo`lishi mumkin emas. SHunday qilib, insоn o`zining bilish faоliyatida vоqеilikning murakkab jiхatlarini хissiy bosqich yordami bilan aks ettira оlmay qоlganda tafakkurga, fikr yuritishga murоjaat qiladi. Insоnning bilish faоliyatida sеzgi, idrоk, tassavur оbrazlari bilan tafakkur o`zarо uzliksiz ravishda bir – birini bоyitib turadi. Ana shunga binоan bilish jarayonining хissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir. Tafakkur, sеzgi va idrоkdan farq qilib, bir nеchta хususiyatga egadir. Uning birinchi хususiyati vоqеilikni umumlashgan хоlda aks ettirishdir. Tafakkurning ikkinchi muхim хususiyati bоg`lanishlarni bеvоsita aks ettirishdir. Bu хususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli хоdisa va vоqеalar o`rtasidagi bоg`lanishlarni tushuntirish imkоniyatiga ega bo`lamiz. Tafakkurning uchinchi хususiyati so`z /nutq/ оrqali narsa va хоdisalar o`rtasidagi murakkab munоsabatlarni aks ettirishdan ibоratdir. Insоnnning fikr yuritishi bir va undan оrtiq so`zlar, tushunchalar vоsitasida ifоdalanadi. SHuning uchun оdam o`ylayotganda o`z fikrini aytayotgandеk, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandеk tuyiladi. Tafakkur muarnmosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plaiigan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi. Nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina blz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan y aratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotai logika, mantiq deb ataydi. K.L.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotaing boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishnmg boshlanishidir, Informasion undovchi tafakkuming tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida (X.Kyulpe (1S62-191S), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib boriigan eksperimental tadqiqotlar tafakkur jarayoni rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi. Vyursburg psixoiogiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo'1 bilan isbotiashga harakat qiidilar. Olib borilgan tadqiqotlami o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob'ektiv bo’lishiga katta e`tibor berganlar. Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oidiga fikr yuritish faoliyatining u yokl bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishiai kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi ziddiyatlami bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida eksprementai metodlar bilan tadqiq qilgan. Intellektuai operasiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan tariflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi. Uning, ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga X.Eraifels (1859-1932), V.KeIer (1887-1967), KKofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementiami birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir, Geshtaltchilaming akslomatik xarakterga ega bo’igan ushbu tezisiari mazkur talimot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi. Gestaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlaming bosh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki gesfataltchllaming yaxiit yaratishidan iborat. Geshtaltpsbiologiyada tafakkur muamtnosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlamitig muhim elenientlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elernentlariga, geshtak ichiga kirib, geshtalkla qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim eleinentlaridan namoyon bo’luvchl geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta'sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatnlng qismlari yangi geshtaltda yangl munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlami yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi. Geshtaltchilarning ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladiiar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari" to’g’risidagi tushiinchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktii holatlami tahlil qilishni nazarda tutadiiar, Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi o’tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikaiik psixologiar Dj.Uotson (1878-1958) va Torndayk (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik tnaktablarga ajralib ketgan. Lekin uiarning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umurniy fomiula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda. Dj.Uotson tafakkuming ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqot birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataiadi. Bu she'rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami biian yechish. Dj.Uotson uchun malaka-u individual egallagan va o’rganiigan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, cbunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj.Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga oimagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira etibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tatakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaragan. Download 379.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling