Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o‘tamiz.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalgam oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo‘yilishiga ko‘ra cheklangan bo‘lishi mumkin
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashunuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.Ular 8, 12, 16ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).
Modem – (6-rasm) axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon singalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko‘rinishiga o‘tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |