Ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘quv materiallari mavzu: kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy
Download 494.02 Kb.
|
5 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.MAVZU: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, ULARNI KREDITLASH VA SOLIQQA TORTISHDAGI IMTIYOZLAR
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi.
- 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Nazorat savollari
1. Biznes faoliyatini rejalashtirish deganda nimani tushunasiz? 2. Biznes-reja nima? 3. Biznes-rejaning tarkibiy qismlari qanday ma’lumotlardan tarkib topadi? 4. Samaradorlik tushunchasiga ta’rif bering. 5. Intensiv va ekstensin omillar qaysilar? 1.MAVZU: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, ULARNI KREDITLASH VA SOLIQQA TORTISHDAGI IMTIYOZLAR Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro‘yxatdan o‘tkazish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi. Tayanch so’z va iboralar: asosiy faoliyat turi, muhr eskizi, ta’sis shartnomasi, korxona Nizomi, ijara shartnomasi. 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini amalga oshirishda uni davlat ro’yxatidan o’tkazish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur jarayon yanada soddlashtirishmoqdaki, tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar yaratilib berilmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’illanishdan oldin bir nechta jarayondan o’tish lozim. Avvalambor, davlat ro’yxatidan o’tish shart. Buning uchun quyidag’i bosqichlardan o’tish kerak bo’ladi: Biznes g’oyani puxta tahlil qilish; Ish boshlash uchun kerak bo’ladigan resurslarni aniqlash; Biznesni yuridik maqomini (shaklini) tanlash; Tashkilotga nom tanlash va statistika organlarida ushbu nomni tasdiqlatib olish; Tashkilotni pochta manzilini aniqlash; Hujjatlarni tayyorlash; Yustitsiya organlari yoki hokimliklar huzuridagi “Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olish inspeksiyasi”ga murojaat qilish; Majburiy to’lovlarni to’lash. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olish inspektsiyalari tomonidan bir vaqtning o’zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo’ygan holda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar: 1. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ruyxatdan o’tkazuvchi organga ariza beruvchi (ta’sischi yoki ta’sischilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatlangan shaxs) o’zi kelgan holda yoki pochta aloqasi orqali mazkur Nizomning 1-ilovasida ko’rsatilgan shaklda ariza-xabarnomani taqdim etadi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish haqidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 2. Davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi. Bunda davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan bo’lishi talab etilmaydi (yuridik shaxsni davlat ro’yxatdan o’tkazuvchi organga taqdim etiladigan ta’sis hujjatlari bo’lib ustav yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoki faqat ta’sis shartnomasi, bunda mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun - ta’sis shartnomasi va ustav, to’liq va kommandit shirkatlar uchun esa - faqat ta’sis shartnomasi, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer xo’jaliklari hamda yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklari uchun - faqat ustav); 3. Davlat bojining yoki ruyxatdan o’tkazish yig’imining belg’ilangan miqdori to’langanlig’i haqidagi bank to’lov hujjati (dehqon xo’jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari); 4. Bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqidag’i ma’lumotnoma (internet tarmog’idagi veb-saytiga kirib, fuqaro to’g’ridan-to’g’ri paslort ma’lumotlarini kirgizgan holda firma nomini ro’yxatdan o’tkazish); 5. Uch nusxada muhr va shtamp eskizlari. Davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun mazkur Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Bozorlar uchun - bozor tashkil qilishga yer uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori hamda bozorning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorning kamida 30 foizi kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat; Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun: Xorijiy muassis to’g’risida yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydag’i savdo reestridan olingan, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo’lmagan taqdirda, muassis ro’yxatdan o’tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O’zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan ko’chirma taqdim etiladi. Xorijiy muassis to’g’risida savdo reestridan ko’chirmada xorijiy yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan manzili, ustav fondi miqdori, tashkiliy-huquqiy shakli, ro’yxatdan o’tkazilgan sanasi, faoliyat ko’rsatish muddati hamda xorijiy yuridik shaxs nomidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxs haqida ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak. Ushbu ko’chirma berilgan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs - norezident o’z pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu xujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan, tarjima belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk bo’lsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tomonidan tuzilgan baholash to’g’risidagi hisobotni taqdim etishi kerak; Har bir ta’sischi tomonidan korxona ustav fondidagi o’z ulushining 30 foizini kiritganligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so’mlardagi va valyutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag’lari kiritilganligini haqida bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar); Dehqon xo’jaliklari (yuridik shaxslar)hamda fermer xo’jaliklari uchun -tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi qarori nusxasi; Yuridik shaxslarni qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish yoki o’zgartirish yo’li bilan qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari uchun: Qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsga ma’lum bo’lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat. Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan, tomonlar da’volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorislik to’g’risidagi qoidalar ko’rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo’shib yuborishda va o’zgartirishda) yoki bo’lish balansi (bo’lishda va ajratib chiqarishda); Qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi (yuridik shaxsni qo’shib yuborish, bo’lish va o’zgartirish yo’li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini ro’yxatdan o’tkazishda taqdim etiladi). Ta’sischilar taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi va ta’sis hujjatlarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi uchun javobgardirlar. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huqiqiy shakllari keng tarqalgan bo’lib, ularning eng ko’p tashkil etiladigan turlari xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyatlardir. Xo’sh, xususiy korxona bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatning qanday farqli jihatlari mavjud? Ular quyidagilar: 1. “Xususiy korxona to’g’risida”gi qonunning 8-moddasiga ko’ra, xususiy korxona (keyingi o’rinda XK deb yuritiladi) bitta mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o’rinlarda MChJ deb yuritiladi)ning ta’sischilari esa, FKning 62-moddasi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunning 3-moddasiga ko’ra, bir yoki bir necha shaxs bo’lishi mumkin. 2. XK ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo’ladi. MChJning ta’sischilari jismoniy va yuridik shaxslar bo’ladi. 3. Xususiy korxona nomlanishida «xususiy korxona» yoki «XK» abbreviaturasi bo’ladi. MChJning nomlanishida «mas’uliyati cheklangan jamiyat» yoki “MChJ” abbreviaturasi bo’ladi. 4. XK ustav fondi bo’linmasdir, MChJning ustav fondi ta’sischilari o’rtasida bo’linadi. 5. XK mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi (vaqtinchaga boshqa jismoniy shaxs zimmasiga boshqarish vazifasi yuklanishi mumkin). MChJda esa, bitta ta’sischi bo’lsa- shu ta’sischi, bir necha ta’sischilar bo’lsa- ulardan biri yoyinki ta’sischi bo’lmagan boshqa (jismoniy) shaxs tomonidan boshqarilishi mumkin. 6. MChJda ustav fondi qiymatiga mutanosib ravishda “yirik bitim”larni tuzishda ta’sischilar roziligini olish kerak. XKda faoliyatida “yirik bitim” tushunchasi yo’q va rahbar mustaqil hal qiladi. 7. Soliq kodeksi 179-moddasiga ko’ra, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi. MChJ mulkdorlarida (ishtirokchilarida) esa, bunday imtiyoz mavjud emas. Quyida mas’uliyati cheklangan jamiyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayoni bilan tanishib chiqamiz. MChJni davlat ro’yxatiga olish O’zbekiston Reslublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning xabardor qilish tartibi to’g’risida”gi nizomg’a muvofiq amalga oshiriladi. Download 494.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling