Kompleks erkin iqtisodiy zonalar. Amaliyotda bir funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko’p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funktsiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funktsiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funktsiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda (shahar, tuman, viloyatlarni qamrab oluvchi) yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin. Hudud chegaralari va faoliyat yuritish tartibiga qarab erkin iqtisodiy zonalar ikki turga bo’linadi: anklav (yopiq) va integratsion. Anklav EIZda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot eksportga chiqarishga yo’naltirilgan bo’lib, maqsadi erkin almashinadigan valyutada daromad olishga qaratilgan bo’ladi. Integratsion zonalar - milliy va jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog’langan bo’lib, erkin faoliyat yuritish tartibiga ega. Xalqaro mehnat taqsimotiga keng jalb qilingan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo’lgan hudud hisoblanadi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, EIZni barpo etishdagi asosiy afzallik xorijiy investorlar uchun yaratiladigan imtiyozlar va ularning katta hududlarni egallamasligi hisoblanadi. (6.1-jadval).
6.1-jadval
Jahon amaliyotida qo’llaniladigan maxsus iqtisodiy zonalarning modellari: hajmi va imtiyozlari tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |