Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Download 0.89 Mb.
|
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm
Birinchidan, iqtisodiy vazifa sifatida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani amalga oshirish uchun o’tkazilayotgan demokratik va iqtisodiy islohotlarning umumiy maqsadlari bilan birlashgan qatnashchi davlatlar rahbarlarining yagona siyosiy idorasi zarur;
ikkinchidan, xususiy biznesga va xorijiy investorlarga ishonch sharti sifatida barqaror makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat integratsiya ittifoqi a’zosi bo’lgan mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiyasi muvaffaqiyatli qadam tashlashining muhim sharti hisoblanadi. O’tish iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar uchun ularga xos bo’lgan oldingi ijtimoiy tuzilmalarni o’zgartirish qiyinchiliklari bilan bog’liq erkin savdo zonasini, keyinchalik esa yagona iqtisodiy makonini barpo etish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. U boshqa islohotlar (tarkibiy qayta o’zgartirishlar, xususiylashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashishini bekor qilish, narxlarni erkinlashtirish va boshqalar) bilan uzviy uyg’un bo’lishi kerak; uchinchidan mintaqaviy integratsiya erkin savdo zonasini, so’ngra bojxona, to’lov va valyuta ittifoqini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar sifatida asta-sekin, izchil amalga oshiriladigan jarayon ekanligini esda tutish zarur, bunda har bir bosqichda qatnashchilardan har birining manfaatlari va xulosalari kelishilishi kerak; to’rtinchidan, rivojlangan infratuzilmasi (transport, aloqa, gaz, neft quvurlari, oziq-ovqat tashish va boshqa kommunikatsiyalar) mavjudligi mintaqaviy integratsiyaning hal qiluvchi sharti hisoblanadi, ulardan integratsiya hamdo’stligi barcha a’zolarining manfaatlari yo’lida samarali foydalanish zarur. Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iboratdir: 1. Erkin savdo hududi. uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’zaro savdo to’siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo to’siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi - qo’shni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to’sig’i orqali uchinchi mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni ta’kiklashdan iborat (bu qoida uchinchi mamlakatlarga mol eksport qilishga ham taalluqlidir). Bunga 1960 yillarda tashkil topgan Evropa erkin savdo uyushmasi (EESU) misol bo’la oladi. Unga 6 mamlakat birlashgan bo’lib, uning asosiy vazifasi davlatlararo erkin savdoni yuritishdan iboratdir. EESU integratsiyaning quyi shakli bo’lib hisoblanadi, chunki u muntazam kooperatsion aloqalarni bildirmaydi. MDH mamlakatlari o’rtasidagi bitim erkin savdo zonasiga ikkinchi bir misoldir. O’zbekiston erkin savdo o’rtasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Qozog’iston, Moldaviya, Rossiya va Ukraina bilan shartnomalar tuzgan. Bu shartnomalarga binoan tomonlar mazkur mamlakatlardan chiqariladigan va ular hududiga olib kiritiladigan tovarlardan bojxona to’lovi olmaslik majburiyatini qabul qilgan. Shu asosida O’zbekiston shartnoma tuzilgan davlatlardan chiqariladigan va respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi. 2. Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to’siqlarining yagona tizimini ta’sis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Evropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga misoldir. Evropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan bo’lib, 1993 yilga kelib u G’arbiy Evropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin ko’chib yurishini ta’minlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir. EI tarzida G’arbiy Evropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini amaliy baholash imkonini tug’diradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, EI doirasida bojxona ittifoqi natijasida savdoning o’sishi ko’proq bo’ladi. 3. Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol ko’chirish (ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo’ldilar. Bunga yana o’sha Evropa iqtisodiy ittifoqi yoki Evropa umumiy bozori misol bo’la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - Evropa ittifoqidir. 4. To’la iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar o’z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosatni, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi. Dunyoda davlatlarning necha o’nlab iqtisodiy birlashmalari mavjud. ASEAN (Janubiy Sharqiy Osiyo) mamlakatlari o’rtasida kooperatsiya aloqalari faol rivojlanmoqda. MDH mamlakatlari doirasidagi iqtisodiy hamkorlik ayniqsa, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham tilga olib o’tish kerak. Shimoliy Amerika iqtisodiy ittifoqi (NAFTA) to’g’risidagi bitimga katta umid bog’lanmoqda. Jahonda rivojlanayotgan yosh mamlakatlarga xos, lekin barqaror bo’lmagan boshqa integratsiya uyushmalari ham bor. Ularning ishtirokchilari o’tmishdagi mustamlakalar bo’lib, iqtisodiyoti bir yoqlama, ya’ni xom ashyo etkazishga asoslangan, shu sababli bir-birini to’ldirib, yagona kompleksni tashkil eta olmaydi. Integratsion aloqalarning paydo bo’lishi jahon xo’jaligiga xos voqelik, ammo ular umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo bo’lishi kerak. 5.4. O’zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo’nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni va ulardan samarali foydalanish yo’nalishlari Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi erishgach, ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko’pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko’p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo’jaligida tutgan o’z o’rnini mustahkamlab borishdir. Endilikda O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o’rinni egallab bormoqda. Qo’yilgan ko’pgina amaliy qadamlar O’zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo’ljallangandir. Boshqa davlatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Xo’jalik aloqalarining baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o’ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish xarakatini aniqlaydi. Shunga ko’ra jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar. Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bundan tashqari xo’jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv tizimi sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta-kredit munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. Shuning uchun ham o’tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning barchasi O’zbekistonni jahon xo’jaligi tizimiga teng xuquqli kirishiga va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o’stirishga ko’maklashsa, boshqa tomondan, O’zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo’jaligiga ko’shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi. Integratsiya – O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O’zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o’rin tutmoqda. Xullas, O’zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MOH), MDH va Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o’rnatishi lozim. 2011-2015 yillarda tarkibiy o’zgarishlarni, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borildi. Asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo’lmaganligi tarkibiy o’zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta’minladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi. Bu mablag’lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o’z mablag’larini ko’paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo’ladi. Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi alohida o’rin egalladi. Mazkur jamg’armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etishdir. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo’lgan Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasida ikkita bug’-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir. Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko’magida kelgusi yillar davomida O’zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo’jaligi erlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo’jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko’plab loyihalar amalga oshiriladi. 5.5. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o’rni va ularning hamkorlik aloqalari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston XVF, XTTB, YeTTB, OTB, ITB kabi moliya-kredit institutlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’smishing yuqori sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, iqtisodiyotning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining o’sib borishiga zamin yaratadi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan va o’sha 186 ta mamlakat a’zo. XVFning maqsadi a’zomamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to’lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to’lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o’z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo’jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko’rsatadi. Oxirgi o’n yilda XVFning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli oshdi. Qarzlar a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar hisobidan hamda SDR shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin. Kreditlarni berish va qaytarish to’lov balansi muammosining xususiyatlari hamda holatlariga bog’liq tarzda farqlanib, quyidagilardan iborat: Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling