Ma’ruza materiallari 1-mavzu: Leksikologiyaning obyekti, maqsadi va vazifalari. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati


-MAVZU: Lug’at maqolalarining joylashtirilish tartibi va maqola sхemalari


Download 156.57 Kb.
bet21/21
Sana22.11.2023
Hajmi156.57 Kb.
#1793869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ma’ruza materiallari 1-mavzu Leksikologiyaning obyekti, maqsadi-fayllar.org

13-MAVZU: Lug’at maqolalarining joylashtirilish tartibi va maqola sхemalari
§. Lug'atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi Lug'atlarda so'zlar (maqola nomlari)ni joylashtirish tartibi quyidagi uch prinsipga tayanadi: 1) tashqi tartib; 2) ichki tartib; 3) m a’no tartibi (semantik prinsip). 1. Tashqi tartib so'zning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga — shu harfning alifbodagi o'rniga qarab belgilanadi: Arpa Banoras Gavda Vazir 2.Ichki tartib so'zning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga - shu harflaming alifbodagi o'rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo'lgan so'zlarni joylashtirishda amal qilinadi: Arpa Arra Asal Astar Banoras Baraban 3. Ma’no tartibi omonim yoki polisemantik sokzlarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko'proq qomusiy (ensiklopedik) lug'atlarda va shunga yaqin turgan lug'at-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi: a) Ohangaron — daryo ... Ohangaron — sh ah ar... Chirchiq - daryo ... Chirchiq - shahar ... Izoh: Ohangaron va Chirchiq so'zlari dastlab daryo nomi bolgan, keyinchalik shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlarni atay boshlagan. Bu hoi daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo'yishga asos bo'lgan; b) ba'zan bir nom bilan atalgan bir necha obyekt yoki predmet o'rtasida yuqoridagi singari bog'lanish bo'lmaydi yoki bunday bog'lanish aniqlanmagan bo'ladi. Bunday paytda ularning xo'jalikda, ilmda, umuman jamiyatda tutgan o'rni, mavqeyi hisobga olinadi: Andijon - shahar... Andijon - Andijon viloyatidagi posyolka Izoh: shahar viloyatning ma’muriy, ilmiy va madaniy markazi boMganligidan birinchi ofcrinda berilgan: d) shahar nomi bilan kishi nomi bir boMganda, kishi nomi oldin beriladi: Beruniy - xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy). Beruniy — Qoraqalpogkistondagi shahar...; e) ixtirochining nomi o‘zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin yoziladi: Veber Ernst Genrix (1795—1878) — nemis anatomi va fiziologi ... Veber Vilgelm Eduard (1804-4 891) - nemis fizigi ... Veber - ... olchov birligi. V.E.Veber nomi bilan atalgan; 0 shahar yoki boshqa biror geografik obyekt nomi bilan shaxs nomi o‘rtasida bog'lanish bo'lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin yoziladi: Volta Alessandro (1745—1827) — italyan fizigi... Volta - G'arbiy Afrikadagi daryo...; g) o'simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo'lganda, hayvon nomi oldin qo'yiladi: Kanna — hayvon ... Kanna — o'simlik ...; h) juft so'zlar bir so'zdek alifbo tartibiga solinadi: Shonalash Shonli Shon-sharaf Shon-shavkat Shon-shuhrat; i) izohli va qomusiy lug'atlarda omonimik xarakterdagi so'zlar yoki so'z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko‘p ma’noli so'zlarning (yoki shunga yaqin bolgan ba’zi lug'aviy birliklarning) barcha ma’nolari bir maqola ichida izohlanadi: Burun (1) - a) odamning burni (to'g'ri ma’noda); b) choynakning burni (ko'chma ma’noda). Burun (2) - a) payt ravishi («ilgari», «awal»); b) ko'makchi so'z; j) maqol va matallarni tematik guruhlarga birlashtirib, so'ng har bir guruhga oid maqollarning o'zini alifbo tartibida joylashtirish prinsipi ham bor. Masalan: Mehnat va mehnatsevarlik haqida Bahorgi beg'amlik — kuzgi pushaymonlik. Barvaqt qilingan harakat, Hosilga berar barakat. Bekor turguncha, bekor ishla! Belni peshlagan bilar, Yerni ishlagan bilar. Vatan va vatanparvarlik haqida Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni. Bo'I Vatanga paxtakor, Vatan sendan minnatdor. 169- §. Lug'at maqolalari sxemalari Lug'at maqolalari sxemalari (tuzilishi va so'z ma’nolarining izohlanish usullari) ham m a’lum prinsiplarga tayanadi. Chunonchi, lingvistik lug'atlarda dastlab so'zning o'zi, shundan so'ng uning bosh va yasama, dialektal va arxaik ma’nolari (agar shunday ma’nolari bor bo'lsa) yoritiladi. Har bir ma'no izohidan so'ng shunga oid misollar (ko'pincha badiiy adabiyotdan) keltiriladi.Ensiklopedik lug'at maqolalari esa boshqacharoq bo'ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o'simlik, hayvon, biror tarixiy voqea va hokazolaming har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida yoziladi. Chunonchi, davlatlar haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo'ladi: 1. Umumiy ma’lumot. 2. Davlat tuzumi. 3. Tabiati. 4. Aholisi. 5. Tarixiy ocherk. 6. Respublikaning yetakchi partiyasi. 7. Uyushmalar. 8. Xalq xo'jaligi. 9. Meditsina. 10. Maorif va madaniyat. 11. Matbuot, radio, televideniye. 12. Fan va ilmiy tashkilotlar. 13. Adabiyot. 14. Arxitektura va tasviriy san’at. 15. Musiqa. 16. Teatr. 17. Kino. 18. Sirk va estrada. 19. Badiiy havaskorlik. 20. Bibliografiya. 21. Karta va illustratsiyalar. Millat yoki xalq haqidagi maqola sxemasi: 1. Nomi. 2. Definitsiya (yashaydigan joyi, qaysi etnik guruhga mansubligi, ona tili). 3. Shu millat vakillarining soni. 4. Antropologik tipi (zarur bo'lganda). 5. Hukmron din (yoki o'tmishda qaysi din hukmron bo'lganligi). 6. Qisqacha tarixiy m a’lumot (etnogenez, xalq yoki millatning shakllanish davri, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va h.k.). 7. Moddiy va ma’naviy boyliklari. 8. Bibliografiya. 9. Illustratsiya. O'simlik turi haqidagi maqola sxemasi: 1. Definitsiya (qaysi oila va turkumga mansubligi). 2. Morfologik va biologik xarakteristikasi. 3. Areali (tarqalish joylari). 4. Amaliy ahamiyati, qo'llanishi (foydasi va zarari). 5. Shu o'simlikka ziyon keltiruvchi kasalliklar, zararkunandalar, ularga qarshi kurash choralari. 6. Bibliografiya. 7. Illustratsiya. Til haqidagi maqola sxemasi: 1. Definitsiya (qaysi xalqning tili, qaysi til gruppasi yoki oilasiga mansubligi). 2'. Qanday dialektlarga ega. 3. Tarqalishi. 4. Shu tilda gapiruvchilar soni. 5. Lug'at boyligi, fonetik va grammatik qurilishi haqida qisqacha ma’lumot. 6. Yozuvi. 7. Adabiy tilning shakllanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot. 8. Bibliografiya. Biografik maqola sxemasi: 1. Familiyasi, ismi, taxallusi. 2. Tug'ilgan va vafot etgan vaqti, joyi. 3. Definitsiya: qaysi davlat fuqarosi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, asosiy ish faoliyati, ilmiy darajasi, unvoni (yillari bilan) va h.k. 4. Qaysi partiyaga mansubligi (qachondan). 5. Ilmga, fan yoki texnikaga qokshgan hissasi, asosiy ixtirolari yoki kashfiyotlari, mehnat yutuqlari. 6. Davlat idoralarida, oliy ofcquv yurtlarida, rahbarlik lavozimlaridagi mehnati va ijtimoiy-siyosiy faoliyati. 7. Davlat organlariga, deputatlikka saylanishi. 8. Orden va medallar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi (qachon va nima munosabat bilan). 9. Bibliografiya.
14-MAVZU: Morfemika haqida ma’lumot
15-MAVZU: So’zning morfemik tarkibi


16-MAVZU: O’zak va affiksal morfema tasnifi


17-MAVZU: So’zning morfem tarkibidagi o’zgarishlar


18-MAVZU: So’z yasalish strukturasi.
So’z yasash usullari
http://fayllar.org
Download 156.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling