Ma`ruza matni 1-Mavzu. “Mutaxassislikka kirish” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti. Reja


Download 35.68 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi35.68 Kb.
#1136546
  1   2   3   4
Bog'liq
1 маъруза мутахассисликка кирищ




MA`RUZA MATNI

1-Mavzu. “Mutaxassislikka kirish” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti .


Reja:

  1. Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari

  2. «Mutaxassislikka kirish»fanining predmeti va o‘rganish usullari, boshka iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro alokadorligi

  3. Oliy maktabning o‘rta maktabga nisbatan hususiyatlari.



Tayanch so‘z va iboralar: mutaxassislik, fan, fanning predmeti va o‘rganish usullari, iqtisodiyot

  1. Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari

O‘zbekiston qadimdan yuqori darajada taraqqiy etib kelgan dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi bo‘lib, u bir necha ming yillik tarixga ega. O‘lka aholisi mazkur hudud uchun an’anaviy bo‘lgan paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Hunarmandchilikning qator xillari rivojlangan. Tarixiy davr ichida o‘zbek avlodlari sug‘orish ishlarini keng yo‘lga qo‘ygan edilar.
Jahonda Al-Xorazmiy, Imom al Buxoriy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon kabi nomlari dunyoga tanilgan qomusiy olimlar, shoirlar, ma’rifatchilar, lashkarboshilarni etkazib bergan o‘zbek xalqi o‘z mamlakatining mustaqil bo‘lishini orzu qilib kelgan edi. Mushtoqlik bilan kutilgan ana shu kun keldi.
1991 yil O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi, shu yilning 1 sentyabrida mamlakatimiz mustaqilligi e’lon qilindi. 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), O‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibiga kirishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
SHunday qilib, O‘zbekiston jahon tarixida nufuzli bo‘lgan tashkilotning teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi tasdiqlandi. Bu hujjat ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida chuqur islohotlar asosida davlatimiz siyosatini ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi. Ta’lim jarayonining mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu bosqichning dastlabki yo‘nalishi “Mutaxassislikka kirish” o‘quv kursini o‘rganishdan boshlanadi.
Bu kursni o‘rganish jarayonida talaba faqat oliy ta’lim haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish bilan chegaralanmasdan, uning o‘rta ta’limdan farqini yaxshi tushunib olishi kerak, oliy maktabni tuzilishi o‘quv jarayonining tashkiliy masalalari, tartib intizom, yo‘nalishlari haqida etarli darajada xabardor bo‘lishi kerak. Bu biz o‘rganayotgan kursning umumiy vazifasi va yo‘nalishidir.
Kursning umumiy vazifasi oliygoh shart-sharoitiga tezroq moslashish buning uchun har bir talaba maqsad sari intilib, aqliy mehnat madaniyatini taqsimlashtirishi, o‘z vaqtini tejab undan mazmunli foydalanishga harakat qilishi kerak.
«Mutaxassislikka kirish» kursida talabaning bo‘lajak ixtisosi, ya’ni iqtisodchi kasbi haqida to‘laroq ma’lumot berish, talabalarning mustaqil ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berish, bibliografiya mexanizmini tushuntirish ko‘zda tutiladi. SHu bilan birga talabalarning huquq va burchlari tushuntiriladi.
Fan xususiyatlari bo‘yicha ustivor vazifalar:
- mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash;
- mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mavjud muammolar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularni hal etish yo‘llari borasida talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
- ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning ko‘p omilli hamda murakkab jarayon ekanligini, uning ziddiyatli jihatlarini anglash, ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni teran tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan talabalarda o‘zlarining har tomonlama asoslangan, ob’ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to‘g‘ri asosda ishlab chiqilishiga yo‘naltirish;
- mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari, uning turli tarmoq va sohalarini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatlari, hududlarning ishga solinmagan ichki salohiyatlari to‘g‘risida hosil qilingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash borasida dastlabki o‘quv-amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
- respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ular natijasida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning barchasi inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadiga yo‘naltirilganligini anglash, yoshlarning jamiyatimizdagi o‘rni va rolini chuqur xis qilishni ta’minlash asosida o‘quvchi va talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish.




  1. Download 35.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling