Ma`ruza matni 1-Mavzu. “Mutaxassislikka kirish” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti. Reja


«Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va o‘rganish usullari, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi


Download 35.68 Kb.
bet2/4
Sana28.01.2023
Hajmi35.68 Kb.
#1136546
1   2   3   4
Bog'liq
1 маъруза мутахассисликка кирищ

«Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va o‘rganish usullari, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi

Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‘liq. Fanning quyidagi o‘rganish usullari mavjud:

  • Dialektik usul: induksiya, deduksiya.

  • Ilmiy abstraksiya;

  • Tahlil va sintez;

  • Makro va mikroiqtisodiy darajada o‘rganish;

  • Taqqoslash;

  • Statistika va boshqalar.

Fanni o‘rganish usullaridan eng avvalo dialektik usulni ko‘rib chiqamiz. Dialektik usul tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishga asoslangan. SHuning uchun bu usul barcha mavjud fanlarning, shu qatorda «Mutaxassislikka kirish» fanining ham asosida yotadi. Dialektik usulda rivojlanish quyidan yuqoriga, bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivojlanadi. Dialektika induksiya va deduksiya usullaridan tarkib topgan.
Induksiyada yakka fakt olinib, umumiy xulosa chiqariladi. Deduksiyada esa aksincha.
Ilmiy abstraksiya. Ilmiy abstraksiya usulida mavhum ob’ekt ilmga tayangan holda o‘rganiladi va uning faqat asosiga e’tibor qaratiladi.
Tahlil va sintez. Bu usulda o‘rganilayotgan ob’ekt qismlarga bo‘lib o‘rganiladi va izchillik bilan tahlil etiladi. Sintez jarayonida ob’ektning qismlari o‘rganilib, umumiy xulosa chiqariladi va bu «natija» deb qaraladi.
Makro va mikro (iqtisodiy) darajada o‘rganish. Makro darajada o‘rganishda nazariy masalalarni keng ko‘lamda, mikro darajada esa kichik bir ko‘lamda o‘rganish tushuniladi. Makro darajada o‘rganish universitet faoliyatidan misol qilib, 1-bosqichdan to 4-bosqichgacha bo‘lgan jarayonni o‘rganish tushuniladi, mikro esa faqat 1-bosqichdagi o‘quv jarayonini o‘rganishni aytib o‘tishimiz mumkin.
Taqqoslash usulida o‘rganilayotgan ob’ekt davrlar bo‘yicha yoki boshqa bir ob’ekt bilan taqqoslanadi.
Statistik usulda tadqiqot sonli ko‘rsatkichlarga, jadval ma’lumotlariga asoslanadi. Jadval ma’lumotlarini chizmalarda aks ettirish grafik usul mohiyatini ochib beradi.




  1. Download 35.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling