Maruza matni


va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va


Download 396.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana29.03.2023
Hajmi396.42 Kb.
#1305553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-мавзу - маруза матни - копия

va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va 


53 
inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o‘zi etarli emas. 
Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa 
yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar 
bilan 
xalqimizning 
ongu 
tafakkurini 
va 
saviyasini 
yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-
zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir 
bo‘lishimiz shart. 
OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‘ziga xos va kuchli 
ta’sir o‘tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin. 
Ma’lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va 
kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘ini 
hisoblanadi. Uning g‘oyaviy kurash va targ‘ibotning asosiy 
maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy 


54 
ekstremistik qarashlarni targ‘ib qilishdagi o‘rni misolida ham 
ko‘rish mumkin. 
Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida 
tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
mazmundagi ma’lumotlarga keng o‘rin beriladi. Jumladan, 
terrorchilar kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga go‘yoki majbur 
bo‘lganlarini asoslashga, terror va qo‘poruvchilik harakatlarini 
ma’naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‘zlarini 
“ozodlik kurashchilari”, “partizanlar”, “qarshilik ko‘rsatuvchilar” 
deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‘rsatishga va ular bilan 
kurashda hukumat tinch yo‘l bilan harakat qilish lozimligini 
asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‘z saytlarida hukumat 


55 
tarafidan qo‘llanilayotgan usullarning “vahshiyligini” yoritishga 
ham alohida e’tibor beradilar. 
Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir 
necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda 
berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, “qahramonligini” 
kuylovchi qo‘shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning 
mafkuraviy hamda emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat 
qiladi. 
Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol 
a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad 
muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar”, “oppozitsiya” 
va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabul qilishga o‘rgangan 
odamlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ulardan jamiyatda tegishli 


56 
ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga 
psixologik ta’sir ko‘rsatish, qo‘rquv, vahima tarqatish orqali ichki 
ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‘zlanadi. 
Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun 
virtual olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. SHundan 
kelib chiqib, ko‘pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni 
ta’minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va 
barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri 
sifatida e’tirof etmoqdalar. 
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki 
radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham 
rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot 
maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda 


57 
bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni 
ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir 
devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, 
bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. 
Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat 
qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz 
va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz. 
“Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi”,- 
degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. 
Shunday ekan, bugungi kunda har bir fuqaromizda axborot olami 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish 
hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. 


58 
Ana shunday yondashuvdan kelib chiqib, mamlakatimizda 
mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalarga, keng va 
chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‘lgan, yangicha mazmun-
mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati 
uchun hamma sharoitlar yaratildi. 
1991 
yilda 
respublikamizda 
bor-yo‘g‘i 

ta 
teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 
mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel 
televideniesi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat 
nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi 
xususiy sektorga tegishlidir. 


59 
Ommaviy axborot vositalari va ma’naviy-g‘oyaviy tahdidlar 
haqida gap ketar ekan, eng avvalo g‘araz maqsadlarda amalga 
oshirilayotgan tashqi g‘oyaviy ta’sirlar, mamlakatimiz hayotida 
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga xolis yondashuv bayrog‘i ostida 
berilayotgan bir yoqlama axborotlar va baholarning oldini olish, 
ularga qarshi ob’ektiv ma’lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va 
tadrijiy etkazib berish masalasi dolzarb bo‘lib turganini alohida 
qayd etish zarur. SHunday vaziyatda har xil shaklu shamoyilda 
chiqayotgan bunday urinishlarga qarshi xalqimiz hayotida sodir 
bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi chuqur 
tahliliy ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarimizning 
ijtimoiy 
faolligini 
kuchaytirish, 
turli 
ijtimoiy 
toifa 
va 
guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini 


60 
yoritish, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi 
ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ham hayotiy-amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari oldida 
O‘zbekistondagi vaziyat, turli sohalarda erishilgan yutuqlar 
bo‘yicha ob’ektiv axborotlarni jahon jamoatchiligiga vaqtida 
etkazib berish hamda mamlakatdagi real voqelikning undan 
tashqarida ham to‘g‘ri va o‘rinli qabul qilishlariga erishishdek 
muhim vazifa borligini ham ta’kidlash zarur. Prezidentimiz 
so‘zlari bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita 

Download 396.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling