Maruza matni
Download 396.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу - маруза матни - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bugungi kunda zamonaviy axborot
Milliy
birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma’naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon bo‘ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat 30 ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko‘paygani sari O‘zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas’uldirlar. Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‘z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko‘zgusida idrok 31 etadigan, nafs balosidan forig‘ yoshlar qo‘liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor halqga, millatga, Vataniga xizmat qilishni o‘zlarining burchi deb qarashlari, shunday e’tiqodga ega bo‘lishlari zarur. Shuning uchun yoshlarimizda milliy g‘ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma’naviyati yuksalishining garovidir. Yoshlarimizning har biri milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini o‘zlari ham shakllantira oladilar. Milliy g‘urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‘z xalqi tarixini, ma’naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san’ati va 32 madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o‘rganish, hurmat qilish bilan bog‘liq faxrlanish tuyg‘usi bo‘lgan millatning insoniy fazilatidir. Milliy g‘urur yoshlarni o‘z kuchi, qobiliyati va iste’dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar yo‘lida safarbar qilishga chaqiradi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or- nomusi va shon-sharafi uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Milliy iftixor, eng avvalo, o‘zligini anglash, milliy ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi hatti-harakat, o‘z millati istiqboli oldida mas’ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‘tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir. 33 Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik vositasiga aylanib qolishi mumkin. Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo‘lsa, har bir millat o‘ziga xos fe’l-atvoriga egadir. Shuning uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o‘xshamagan urf-odatlarga ega bo‘lishadi. Jumladan, o‘zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayot-ning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. Shunday hislatlarga egalarki, ba’zan bu faqat «o‘zbekona fazilat» deb yuritiladi. Milliy iftixor tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab 34 turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan yoshlar o‘z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o‘z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. Milliy g‘urur, milliy o‘z-o‘zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini boyitadi, to‘ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. «Biz sharq farzandi ekanligimizdan, o‘zimizning urf- odatlarimizdan faxrlanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o‘rgatayapmiz». 35 O‘tmishini bilmagan va e’zozlamagan xalqning kelajagi yo‘q. O‘tmish bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon qaytmas bo‘lib ketgan, ko‘z o‘ngimizdan olislashgan, tarix mulkiga aylangan davrdangina iborat emas, balki ahamiyati hech qachon yo‘qolmaydigan tag zamin, o‘q ildizimizdir. O‘tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo‘q. Shu bilan birga, siyosiy globallashuv hamda fan, madaniyat, ta’lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy- madaniy globallashuv ham sodir bo‘layotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish ko‘lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko‘rinadi. 36 Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo‘layotgan inqilob bilan bog‘liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning shakllanishi axborot uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa, yozuvning paydo bo‘lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga etkazish, hatto zamonlararo olib o‘tishga yo‘l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo‘lga qo‘yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta’minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko‘tardi. 37 Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‘lgan axborot uzatish usullarining ko‘pgina tomonlarini o‘zida sintez qilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan Internet kabi hodisalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi hodisalarni o‘zida birlashtiruvchi ommaviy axborot vositalari (OAV) jamiyat hayotiga ulkan ta’sir o‘tkazish quvvatiga ega. Qanday katta kuchga ega ekanini ularga nisbatan «to‘rtinchi hokimiyat» atamasi qo‘llanilishida ham ko‘rish mumkin. OAVning ta’sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif 38 etishiga ko‘p darajada bog‘liq. Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda zamonaviy axborot Download 396.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling