Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet8/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

4. Hindiston markazi. Bu markaz jahon dehqonchiligini rivojlanish tarixida buyuk ahamiyatga ega bo’lib, sholi va shakarqamishning vatanidir. Bu yer madaniy sholining dunyoda kenja tur va xillari tarqalgan eng boy markaz bo’lib, bu yerda yovvoyi sholi va ular bilan oraliq shakllari mavjud. Bu yerdan no’xat, kunjut, kanop, hind nashasi, sabzavot ekinlarning ko’p xillari, efir moyi, bo’yoq va dorivor o’simliklar ekin sifatida kiritilgan. Hindiston jo’xori, maxsar va xantalning ikkilamchi markazidir.
5. O’rta Osiyo markazi. Hindistoning shimoliy-g’arbiy qismi, Afg’oniston, Tojikiston, O’zbekiston va g’arbiy Tyanshan shu markazni tashkil qiladi. Bu yer yumshoq bug’doyning juda ko’p xillarini kelib chiqqan markazdir. Pakana bo’yli va yumaloq donli bug’doy, gorox, yasmiq, no’xat, zig’ir, koriandr, sabzi, piyoz, sarimsoq, sholg’om ham shu yerdan tarqalgan, javdar, kunjut va maxsarning ikkilamchi markazidir. Hozir ham Tyanshan tog’lari, Zarafshon tog’lari (Urgut)da yovvoyi piyozning har xil turlarini uchratish mumkin. Masalan - anzur piyozi.
6. Old-Osiyo markazi. Kichik Osiyo, Saudiya Arabistoni, Eron, Kavkazorti mamlakatlari va Turkmanistonning tog’li rayonlari shu markazni tashkil qiladi. Bu yerda, ayniqsa Armanistonda, bug’doyning turlari va ekotiplari juda ko’p uchraydi.
Kavkazortida bug’doyning yer yuzida uchraydigan 23 turlarining 18 tasi (4/5 qismi) topilgan.Hozirgi vaqtda bug’doyning dunyoda ma’lum bo’lgan 650 xilidan 200 dan ko’prog’i Armanistonda uchraydi. Bu yerda yovvoyi yakkadonli va qo’shdonli bug’doylar ham borligi aniqlangan.
Akademik P.M.Jukovskiy Armanistonda bug’doyning Timofeyev turini (Triticum timofeevi zhuk) topgan. Bu tur kasallik va hasharotlarga majmuan (kompleks) chidamli va sitoplazmatik erkak pishtsizlik (SMS)ning manbai bo’lib hisoblanadi.
Kichik Osiyo va Kavkazorti javdarning asosiy vatanidir. Uzum, nok, olcha, gilos, yong’oq, anor, behi, bodom, anjir, jiyda, xurmo kabi o’simliklarning vatani Old Osiyo hisoblanadi.Qovunning ko’p xillari shu markazda topilgan. Ko’k beda, lyupin, esparset, shabdor kabi yem-xashak ekinlari ham shu yerdan tarqalgan.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling