Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Hosildorlik elementlariga qarab ota-ona juftlarini tanlash


Download 399.53 Kb.
bet19/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

2. Hosildorlik elementlariga qarab ota-ona juftlarini tanlash.Hosildorlik ko’p jihatdan o’simlikning (navning) mahsuldorligiga bog’liq. Mahsuldorlik (o’rtacha bir o’simlikning hosili) o’z navbatida o’simliklarning to’planishi, boshoqlardagi donlar miqdori, donning yoki mevaning yirikligi va boshqalar bilan belgilanadi.
O’ta hosildor navlarni yaratishda o’simliklarning mahsuldor-ligini belgilovchi turli ko’rsatkichlar, ya’ni hosildorlik elementlariga juda katta e’tibor beriladi.
Navlar hosil elementlarining tarkibi bo’yicha bir-biridan ozmi-ko’pmi farq qiladi, ba’zan bu farqlar ancha katta bo’ladi.
Serhosil nav yaratishda hosil elementlarining tarkibi har xil tabiiy iqlim zonalarida turlicha ahamiyatga ega.Masalan, o’rmon zonasida bug’doyning hosildorligi boshoqchalar miqdori bilan, subtropik zonada esa donning yirikligi bilan ta’minlanadi.
Hosil elementlari bo’yicha yaxshi nav yaratish uchun ona o’simligi sifatida rayonlashtirilgan eng yaxshi navni, ota o’simligi sifatida esa ko’zda tutilgan hosil elementlari yuqori darajada ravshan ifodalangan (rivojlangan) navni olish lozim.
3. Rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab ota-ona juftlarini tanlash usuli ayniqsa tezpishar navlar yaratishda qo’llanadi. Tezpishar navlar har tomonlama ahamiyatga egadir. Masalan, lalmikor dehqonchilikda, shimoliy rayonlarda, tog’li zonalarda, sug’oriladigan rayonlarda ikki hosil olish va ang’izga ekib yuqori hosil olishda va hokazo.
Bir navda ham tezpisharlik ham yuqori hosillik xususiyatlarini birlashtirish qiyin.Ko’pincha nav tezpishar bo’lsa – u kam hosil beradi, aksincha o’suv davri qancha uzun bo’lsa, shuncha ko’p organik moddalar to’plash imkoniyatiga ega bo’ladi.Natijada yuqori hosil beradi.Bu qonuniyatni buzish juda mushkuldir.
Bunday muammoni hal qilishda o’simlikning o’suv davri uzunligi genetik jihatdan murakkab ekanligini va o’suv (vegetasiya) davrining ayrim fazalar uzunligining yig’indisidan iborat bo’lganligini hisobga olish lozim.
Vegetasiya davri bir xil (o’rtacha) bo’lgan, lekin ayrim rivojlanish fazalararo davrlari uzun-qisqaligi turlicha bo’lgan navlarni chatishtirib, ularning eng qisqalarini bir organizmda birlashtirishga va shu tariqa tezpishar navga erishish mumkin.
Tezpishar navlar yaratish uchun chatishtirilayotgan juftning bittasida biror faza, ikkinchisida esa boshqa bir faza qisqa bo’lishi kerak. Bunday shakllarni aniqlash uchun o’rganilayotgan barcha nav va nusxalar ustida fenologik kuzatishlar o’tkazib, har bir fenologik fazaning boshlanishi va tugash muddatini belgilab borish kerak. Ota-ona juftlarini tanlashning bu usuli bir qator o’simliklar seleksiyasida qo’llaniladi. Masalan, shu usulni qo’llab yaratilgan bahori qattiq bug’doyning Saratovskaya-57 navi ham erta pisharlik ham yuqori hosilli xususiyatlarini o’ziga birlashtirgan, kuzgi-bahori yumshoq bug’doyning Saratovskaya-56 navi ham o’ta erta pishar va yuqori hosillidir.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling