Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seleksiya yutug’i – nav (duragay)dir”.
Fanning vazifasi – qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda navning ahamiyati, qishloq xo‘jalik ekinlari navlariga qo‘yiladigan talablar, seleksiya usullari yordamida dastlabki material yaratish orqali o‘simliklarning irsiyatini o‘zgartirib, so‘ngra o‘zgargan o‘simliklar (duragaylar, mutantlar, populyatsiyalar) ichidan tanlash o‘tkazish yo‘li bilan nav yaratish, bunda duragaylash, eksperimental mutagenez, poliploidiya va geterozisdan foydalanish, duragaylashda mahalliy navlarning ahamiyati, duragaylash xillari, tartibini кабиларни o’rganish.
seleksiya uchun boshlang‘ich material yaratishning axamiyati; - seleksiyada dastlabki material yaratish usullari; - chtaishtirish uchun ota - ona juftlarini tanlash va gullarni kastrasiya qilish; - sun’iy changlash; - qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini yaratishda mutasiya, poliploidiya, gen injeneriyasi va boshqa usullardan foydalanish imkoniyatlari; 2.савол. Yuqori hosil yetishtirish masalasini birinchidan, tegishli parvarish – agrotexnik tadbirlar bilan ekinlarning talabini qondirish (tuproq sharoiti, o’g’itlash, sug’orish, parvarish qilish) va ikkinchidan, seleksiya usullari bilan o’simlikning o’ziga bevosita ta’sir etib, kerakli belgi va xususiyatlarga ega navlarni (duragaylarni) yaratib, qishloq xo’jaligida joriy etish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Yuqori va sifatli hosil olishda ekiladigan navlarning (duragaylarning) roli katta. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qishloq xo’jaligida islohotni chuqurlashtirishda seleksiyaning roliga katta ahamiyat berib kelmoqda. Chunki ekinlarning yangi nav va duragaylarini yaratish bilan seleksiya fani shug’ullanadi. Seleksiya so’zi lotincha “Selektio” so’zidan olingan bo’lib – tanlash demakdir. O’tmishda yovvoyi o’simliklardan yoki ekinlardan eng yaxshi o’simliklarni ajratib olish tanlash yo’li bilan ta’minlangan. Shuning uchun dastlabki tushunchaga – tanlash – seleksiya to’g’ri keladi. Hozirgi seleksiya jarayonida ham tanlash asosiy usul bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarining navlari tanlash orqali yaratilgan va yaratilmoqda. Demak seleksiya – keng ma’noda tanlash to’g’risida ta’limot desa bo’ladi. Uning jarayoniga dastlabki material yaratish, irsiyat va o’zgaruvchanlik, tanlash, sinash va o’simliklarning yangi shakllarini yaratish kiradi. Seleksiya yangi navlarni (duragaylarni) yaratish, shuningdek mavjud ekilib kelinayotgan navlarni yaxshilash bilan shug’ullanadi. Tabiatda evolyusiya jarayonida tabiiy tanlanish natijasida o’simliklarning yangi tur va xillari vujudga kelganidek, seleksiyada odam tomonidan yangi navlar hosil qilinadi. Shuning uchun seleksiyani – odam tomonidan boshqariladigan eksperimental evolyusiya deb hisoblash mumkin. Dehqonchilik, agroximiya, o’simlikshunoslik, texnologik fanlar hosilni ta’minlash maqsadida o’simlikka tegishli sharoit tug’dirish yo’llarini o’rgansa, seleksiya fani o’simliklarni o’ziga ta’sir qilish usullarini ishlab chiqadi, ya’ni irsiyatni tegishli tomonga o’zgartirish maqsadida ish olib borishni o’rganadi. Seleksiyaning mahsuli – nav yoki geterozis duragayi hisoblanadi. 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonunning boshlanishida quyidagicha yozib qo’yilgan: - “Seleksiya yutug’i – nav (duragay)dir”. Qishloq xo’jalik ekinining navi o’zidan o’zi hosil bo’lmaydi, uni odamlar yaratadi, yaratish uchun aniq seleksiya usullaridan foydalaniladi. Navlarni tashkil qilgan o’simliklarning tashqi (morfologik) ko’rinishi, belgilari, xususiyatlari bir xil bo’lishi kerak va bu belgilar vaqtincha emas balki barqaror bo’lib nasldan naslga o’tkazilishi, ya’ni irsiy bo’lib, yangi yaratilgan nav yuqori hosilli va yaxshi sifatli bo’lishi kerak. Navlarni har xil ta’riflab kelganlar. Biz navlarni oxirgi yillar quyidagicha ta’riflagan edik. “Nav deb - seleksiya usullari bilan yaratilgan, bir xil, barqaror irsiy morfologik, biologik va xo’jalik belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan madaniy o’simliklar guruhiga aytiladi”. “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonunda navga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nav” - o’simlik guruhi bo’lib, u nasldan naslga barqaror o’tuvchi, muayyan genotipi yoki genotiplar kombinasiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o’simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyasiya - navning muhofaza qilinadigan obyektlaridir. Duragay deb, irsiyati har xil bo’lgan o’simliklarni chatishtirib olingan organizmga aytiladi. Uning avlodida belgi va xususiyatlar barqaror emas (navda – barqaror). Duragaylash ikki maqsadda o’tkaziladi: duragay populyasiyasini yaratib – unda tanlash o’tkazib, uning asosida yangi nav yaratish; geterozis duragaylarini yaratib, birinchi bo’g’inini (G’1) ekish asosida yuqori hosil yetishtirish. Duragay, duragaylash, geterozis, klon, liniya to’g’risida masalalar darslikda batafsil ko’rib chiqiladi. Qishloq xo’jalik ekinining navi ishlab chiqarish vositasi bo’lib, dehqonchilikni intensivlashtirishning asosiy omillaridan biridir. Uning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida rolini quyidagicha ko’rsatish mumkin: Nav (duragay) – hosildorlikni oshirish omili bo’lib hisoblanadi.Har bir yangi nav (duragay) hosildorlikni oshirishi mumkin. Har gektaridan 3-5 sentner qo’shimcha hosil olish mamlakat bo’yicha ko’p ming tonna qo’shimcha mahsulot yetishtirishni ta’minlaydi. Nav bilan qishloq xo’jalik mahsulotining sifati bog’liq. Bug’doy va dukkakli don ekinlarining donidagi oqsil, kungaboqar urug’idagi moy, qand lavlagi ildizmevasidagi qand, g’o’za ko’sagidagi tola, kartoshka tuganagidagi kraxmal, oqsil hamda askorbin kislotasi, zig’ir, kunjut urug’idagi moy, kanop poyasidagi tolaning miqdorini seleksiya yo’li bilan oshirish boshqa vositalarga qaraganda ancha samaralidir. Ekinlarning navlari bir-biridan mahsulot sifati bilan farq qiladi. Seleksiya ishi o’tkazish yo’li bilan o’simliklarni iste’mol qilinish ko’rsatkichlari va ta’mini yaxshilovchi sifatlarini o’zgartirish mumkin. Masalan, taniqli amerikalik seleksioner Lyuter Berbank qarolining (sliva) danaksiz navini yaratadi, yaponiyalik genetik G.Kixara esa urug’siz tarvuzni yaratadi. Maxsus seleksiya usullarini qo’llab - bug’doy bilan bug’doyiqning, bug’doy bilan javdarning – belgi va xususiyatlarini birlashtirib, yangi sifat ko’rsatkichlariga ega duragaylarini hosil qilish mumkin. Nav bilan ekinning muhim biologik xususiyatlari bog’liq: tezpisharlik, qurg’oqchilikka, sovuqqa, qishga, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, yotib qolmaslik, to’kilmaslik, bir vaqtda (qisqa vaqtda) pishishi va boshqalar. Paxtachilikda dolzarb muammolardan biri – viltga qarshi kurashish.Shuning uchun g’o’za seleksiyasi olimlari oldida – viltga chidamli, yuqori hosilli navlar yaratish vazifasi dolzarbdir. Vilt - xavfli kasalliklardan bo’lib, u avj olib tarqalgan yillari mamlakatimiz bo’yicha 400 ming tonnadan ziyod paxta hosili kam olingan. Xalq xo’jaligi esa shu sababli 1,5 mlrd. metr to’qimani kam olgan. Kuzgi bug’doyning qishga chidamliligini bir xil agrotexnika sharoitida qishga o’ta chidamli navlarni ekish bilan ko’tarish mumkin.Ekinlarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishda seleksiyaning roli katta. Qurg’oqchilikka chidamli bahori bug’doyning navlari qurg’oqchilik yillari boshqa navlarga nisbatan 0,2-0,4 t. ko’proq hosil berishi aniqlangan. Bir yilda ikki marta hosil olish yoki ang’izda ekib, hosilni yetishtirish erta pishar navlar yaratish orqali amalga oshiriladi. Donli ekinlarni yotib qolishi ham katta zarar yetkazadi.Uni agrotexnik tadbirlar bilan oldini olish juda qiyin.Tur preparati (xlorxolinxlorid) yoki kamrazan M dan foydalanish mumkin, lekin yotib qolmaydigan navlar yaratish samaraliroq hisoblanadi. Bunday navlar yaratilgan va yaratilmoqda. Samarqand qishloq xo’jalik instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan kuzgi bug’doyning Sherdor, Ulug’bek-600, O’zbekiston-1, arpaning Temur navlari shular qatoridan hisoblanadi. Kartoshka ekinini ikki hosilliligi (tinim davri qisqa bo’lishi yoki bo’lmasligi), fitoftora, virus kasalliklariga, kolarado qo’ng’iziga, kungaboqarni mitaga chidamliligini – yangi navlar yaratish bilan oshirish mumkin. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirish jarayonida nav mexanizasiyadan foydalanish omili bo’lib hisoblanadi.Ekish, parvarish qilish, hosilni yig’ishtirishda shunga mos navlar yaratilishi kerak.Ekinlarning xiliga qarab taalluqli talablar qo’yiladi. Boshoqli don ekinlarida - o’simliklarning bo’yi (juda kalta, yoki juda baland bo’lsa mexanizasiya qo’llash qiyin), yotib qolish-qolmasligi, boshoqning mo’rt bo’lib sinib ketmasligi, donining to’kilmasligi; g’o’za navlari tupining tuzilishi (hosil shoxlarining tipi), ko’saklarni bir vaqtda ochilishi, tezpisharligi, ko’saklarni ochilish darajasi, paxtaning to’kilmasligi, tolaning qattiqligi (terim vaqtida uzilmasligi) va boshqalar; kartoshka ekinining tuganaklari kalta stolonlarda, kompakt joylashishi, tuganaklarning to’rlanishi, kovlaganda, tashiganda shikastlanmasligi; ildiz mevalilarning (lavlagi, sabzi, sholg’om) ildiz mevasini shikastlantirmay yig’ishtirib olishga mos bo’lishi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Nav bilan ekinlarning hosilidan foydalanish maqsadi ham bog’liq. Seleksiyaning maqsadi ana shu talablarga to’liq javob beradigan navlar (duragaylar) yaratishdir. Seleksiyaning nazariy asosi bo’lib, genetika – organizm-larning irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadigan fan hisoblanadi. Irsiyat qonuniyatlari, mutasiya va modifikasiya, genotip va fenotip, dominantlik va resessivlik, gomo va geterozigota, geterozis, duragaylashda transgressiya va yangi shakllanishlar to’g’risida tushuncha va ta’limotlar, genetikaning hamma yangilik va yutuqlari seleksiya va urug’chilik uslublarini qo’llashda, yangi navlarni yaratishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich materialni tayyorlashning klassik usullari (duragaylash, mahalliy navlar va tabiiy populyasiyalardan foydalanish) bilan bir qatorda genetika usullari: geterozis, eksperimental mutagenez, poliploidiya, gaplodiya, to’qimalardan o’stirish, xromosom va gen injeneriyasi katta ahamiyatga ega. Masalan, sitoplazmatik erkak pushtsizlikni ochilishi (kashf etilishi) o’simlikshunoslikda yangi, katta – qishloq xo’jalik ekinlarining geterozisli duragaylarini yaratish vazifasini qo’yadi.Sitoplazmatik erkak pushtsizlik asosida makkajo’xori, kungaboqar, jo’xori, qand lavlagi, javdar, grechixa, pomidor, bodring kabi ekinlarning geterozisli duragaylari yaratilib, ular ishlab chiqarishda keng qo’llanilib, katta maydonlarda ekilmoqda. 4 савол. Seleksiya fani genetikaga tayanib, boshqa ko’p fanlar bilan (o’simlikshunoslik, sitologiya, paxtachilik, entomologiya, fitopatologiya, virusologiya, agroximiya, dehqonchilik, ekologiya, fizika, bioximiya, agrometeorologiya, matematika, kibernetika va boshqalar) hamkorlikda ishlab, yangi navlarni shakllanishi jarayonlarni boshqarib, tegishli natijalarga erishadi. Dehqonchilikni intensivlashtirish seleksiya oldida yangi – muhim, qimmatli xo’jalik belgi va xususiyatlar majmuasiga ega intensiv tipdagi navlarni yaratish vazifasini qo’yadi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan har yili yuqori va sifatli hosil olib, aholini ertangi yoki yil davomida mo’l-ko’l oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan yetarli darajada ta’minlashda muayyan sharoitning, dehqonchilik talablariga mos keladigan serhosil nav (duragay)lar yaratish hamda ularni xo’jaliklarga keng joriy etish katta rol o’ynaydi. Chunki nav - ekinlarni o’stirish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun respublika Hukumati qishloq xo’jalik ekinlarining yangi nav (duragay)larini yaratish, katta maydonlarda joriy etish uchun seleksiya va urug’chilik ishlarini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Hozirgi zamon qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida ekinlarning navlariga nisbatan quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: - har yili muntazam yuqori hosil berishi; - o’sish sharoitining noqulayliklariga, kasallik, zararku-nandalarga chidamli bo’lishi; - ekinni mexanizmlar vositasida yetishtirish va hosilni yig’ishtirishni mexanizasiyalashtirishga imkoniyat yaratishi; - mahsuloti yuqori sifatli bo’lishi; - plastik (moslanuvchanlik) qobiliyatiga ega bo’lishi; - intensiv tipida, ya’ni qulay agrotexnika sharoitlarida o’simliklarning kuchi, avvalo hosilni ko’paytirishga sarflanadigan bo’lishi kerak. Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling