Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet14/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Sun’iy duragaylash kishi tomonidan maqsadga muvofiq chatishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.Duragaylash natijasida yangi xususiyatli, belgili yangi shakllar paydo bo’lib, seleksiya uchun yangi boshlang’ich material yaratiladi.
Yangi belgili va xususiyatli o’simliklarni shakllanishning asosida - duragaylash o’tkazganda, genlarning joy almashishi (qayta juftlanishi) va transgressiya ro’y beradi.
Ota-ona organizmlari o’z nasliga (duragaylariga) belgilarni emas, balki naslda rivojlanadigan belgi va xususiyatlarni nazorat qiladigan genlarni, shu genlar asosida duragayda belgi va xususiyatlari shakllanib rivojlanadi. Masalan, bug’doyning ikkita qiltiqsiz shaklini chatishtirganda duragayning ikkinchi bo’g’inida 1/4 qism qiltiqli o’simliklar paydo bo’lishi mumkin.Ota-ona o’simliklarda qiltiqlik belgilari bo’lmagan, lekin ularda shu belgini vujudga keltiradigan resessiv genlari bo’lgan, natijada duragay o’simliklar naslida resessiv gomozigotalar qiltiqlarni paydo bo’lishiga sababchi bo’lganlar.
O’rta uzunlikdagi boshoqli ikkita bug’doy yoki arpa navlarini chatishtirganda, duragay naslida uzun yoki kalta boshoqli o’simliklar hosil bo’lishi mumkin.Bu yangi shaklli o’simliklar paydo bo’lishining sababchisi - transgressiyadir.
Transgressiya - aniq belgini hosil bo’lishini ta’minlaydigan polimer genlarning jamlangan (qo’shilgan) holda ta’siri.Transgressiya natijasida duragayda bir birini to’ldiradigan genotiplar birlashadi.
Agar ota-ona shakllarning ikkalasida yoki birida bir vaqtda ham dominant ham resessiv allel bo’lib, ular qandaydir son belgisining yaqqol namoyish etish xususiyatiga ega bo’lmasalar, tegishli ota-ona juftlarini tanlab duragaylash o’tkazish natijasida qimmatli belgi va xususiyatli (yuqori hosildorlik, baland bo’yli, vegetasiya davrining davomiyligi va boshqa) transgressiyalar hosil bo’lishi mumkin.
Masalan, Svalef seleksiya stansiyasida Nilson Elle transgressiya hodisasi natijasida bug’doyning boshlang’ich ota-ona shakllariga nisbatan kasalliklarga o’ta chidamli va chidamsiz duragaylarini hosil qilgan.
Duragaylashda murakkab shakllanish jarayonining o’tishi tufayli yangi sifatlarga ega bo’lgan shakllar (o’simliklar) paydo bo’lish imkoniyati tug’iladi.
Masalan, ikkita bahori arpa navini chatishtirganda ikkinchi bo’g’in duragaylari orasida kuzgi shakllar bo’lishini kuzatish mumkin (N.I.Vavilov).
Duragaylash o’simliklarda shakl paydo bo’lish jarayonini maqsadga muvofiq yo’naltirishning eng muhim va asosiy yo’lidir. Duragay populyasiyalarning ichidan tanlash yo’li bilan qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlari yaratiladi. Duragaylash natijasida murakkab shakllanish jarayoni o’tib, nafaqat dastlab ota-ona belgilarning qo’shilishi (yig’ilishi) balki mutloq yangi sifatlar (belgi va xususiyatlar) rivojlanishi mumkin.
Shuning uchun duragaylash yo’naltirilgan shakllanishning muhim usuli bo’lib, duragay populyasiyalaridan (boshlang’ich materialdan) kerakli qimmatli navlar yaratish mumkin.
Demak, duragaylash – seleksiya uchun boshlang’ich materialni yaratadigan asosiy usul bo’lib hisoblanadi.
Sun’iy duragaylash odam tomonidan chatishtirish orqali o’tkaziladi. Chatishtirishda qabul qilingan ifoda va belgilar quyidagilar:
R – lotincha (Parents) – ota-ona o’simliklari;
♀- ona o’simligi (Zuxra yulduzining ko’zgusi);
♂- ota o’simligi (Mars yulduzining o’q-yoyi);
X- chatishtirish;
  1. duragay nasli (filialis - bola-chaqa).


Seleksiyada qo’llanadagan chatishtirish oddiy va murakkab bo’ladi.



Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling