Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Madaniy o’simliklarning uchinchi (uchlamchi) markazlari – yirik seleksion markazlardir


Download 399.53 Kb.
bet11/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Madaniy o’simliklarning uchinchi (uchlamchi) markazlari – yirik seleksion markazlardir. Bu yerda sun’iy usulda minglab duragaylar, mutantlar, poliploidlar tayyorlanib, ulardan tanlash yo’li bilan ko’p navlar, duragaylar va shakllar yaratilmoqda. Shuningdek, bu uchlamchi markazlarda sun’iy ravishda turli ekinlarning hatto ilgari tabiatda bo’lmagan turkum, tur va xillari yaratilmoqda (masalan – tritikale).
N.I.Vavilovning ko’rsatishicha madaniy o’simliklarning eng asosiy turlari shakllangan maydonlar yer sharidagi quruqlikning 1/40 qismini tashkil etadi.Madaniy o’simliklarning 80 foizdan ko’prog’i eski dunyo mamlakatlaridan kelib chiqqan, qolgan qismi Amerika qit’asida shakllanib, boshqa joylarga tarqalgan. Hozir jahondagi mavjud 640 xil madaniy o’simliklarning 500 tadan ko’prog’i Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan, taxminan 100 xili esa Amerika qit’asidan tarqalgan. Hamma madaniy o’simlik turlarining qariyb yarmi Hindiston va Xitoydan kelib chiqqan.


5.савол. O’simliklar introduksiyasi. O’simliklarning qandaydir xillarini boshqa rayon (mintaqalar)dan olib kelib seleksiya ishida foydalanish introduksiya bilan bog’liq. Introduksiya lotinchada (introductio) kiritish demakdir.
Introduksiya deb, o’simlik tur yoki navlarini ular ilgari o’smagan (ekilmagan) mamlakat yoki mintaqaga (o’smagan joyga yoki sharoitga) olib (ko’chirib) kelib kiritilishiga aytiladi.
Makkajo’xori, kartoshka, tamaki, kungaboqar, pomidor, ingichka tolali g’o’za kabi ekinlar mamlakatimizga Amerika qit’asidan introduksiya qilingan.
O’simliklar seleksiyasida introduksiyaning ahamiyati juda katta.N.I.Vavilov o’simliklar introduksiyasining nazariy asoslarini yaratib, madaniy o’simliklarning geografik tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanlikning qator muhim qonuniyatlarini aniqladi.
N.I.Vavilov kuzatishlari natijasida o’simliklarning tur va xillari yer yuzida bir tekisda taqsimlanmaganligi aniqlandi. O’simlik turlarining ko’pchilik qismi yer sharining bir qator mintaqalarda (janubiy-sharqiy Xitoyda, Hindistonda, Janubiy-G’arbiy Osiyoda, Efiopiyada (Habashiston), Markaziy va janubiy Amerikada, O’rta yer dengizi qirg’og’i mamlakatlarida (Old Osiyoda) tarqalgan. Kavkaz va O’rta Osiyoning tog’ etaklari o’simlik turlariga boy joylar hisoblanadi.
O’simliklar birlamchi introduksiyasi qadimiy zamonlarda, odamlar dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganda vujudga keladi. Ilgari faqat mahalliy o’simliklar, odamlar yashagan joy oldida ekilgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni qishloq qabilalar o’rtasida urug’ almashtirish o’tkazilib, sifati va hosildorligi past o’simliklar siqib chiqarilgan.
Keyinchalik ayrim xalqlar, qabilalar iqlimning, yashash sharoitining o’zgarishi sababli bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, aholining sonini o’sishi, har xil harbiy yurishlar, yangi mintaqa, qit’alarni ochilishi, mamlakatlarda savdo aloqalari va boshqa ko’p sabablarga ko’ra introduksiya avj olib – yangi-yangi o’simlik turlari, xillari tarqalgan.
Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, ular bilan o’simlik va hayvonlarning ham olib ketib tarqalishi madaniy o’simliklarning dastlabki geografiyasini keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Argentinaga o’xshagan mamlakatlar o’zini qishloq xo’jaligini deyarli to’lig’icha chetda joylashgan o’simlik va hayvonlarning introduksiyasi asosida yaratganlar. AQSh va Kanada qishloq xo’jaligida Rossiyaning bug’doy, arpa, suli, don, sebarga, olmalarning qanday rol o’ynagani ma’lum. Amerika Qo’shma Shtatlarida makkajo’xori, tamaki va qisman katta ahamiyatga ega bo’lmagan o’simliklardan tashqari hamma dala ekinlari va mevali o’simliklar introduksiya orqali kiritilgan. Kaliforniyada esa hamma qishloq xo’jalik ekinlari, jumladan makkajo’xori ham introduksiya qilingan ekinlardir.
Seleksiya uchun boshlang’ich material yig’ish maqsadida ko’p mamlakatlarda maxsus choralar, ekspedisiyalar tashkil qilingan.Masalan, Rossiyada ayrim agronom, dehqonlar, tajribakorlar o’simliklarni to’plash bilan 1700 yillardan boshlaganlar. Natijada qishloq xo’jaligiga yangi: kartoshka, makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi, pomidor, ba’zi sabzavotlar, dukkakli don, manzarali ekinlar kiritiladi.
Kartoshkaning birinchi tuganaklari va kungaboqarni urug’ini 1700 yili Pyotr 1 Gollandiyadan Peterburg shahriga graf Sheremetyevga yuboradi. Keyinchalik kartoshkaning introduksiyasi natijasida katta maydonlarga tarqalishi “ikkinchi non”ga aylanishida atoqli agronom I.M.Komov va A.T.Bolotovlarning xizmatlari katta.
Chet mamlakatlardan introduksiya qilib, sabzavot o’simliklarni boshlang’ich material sifatida seleksiyada foydalanishga katta hissa qo’shgan Ye.A.Grachev dehqondir (1826-1877).U birinchi bo’lib Peterburg sharoitida ekin sifatida pomidorni joriy qilgan. Ye.A.Grachev 1875-1877 yil davomida Angliya, Belgiya, Germaniya, Italiya, AQSh, Fransiyadan olib kelingan sabzavot o’simliklarning 2000 ga yaqin namunalarini ekib o’rgangan.
1866 yilda juda ko’p nav namunalarni o’rganib, sinash natijasida karamning 50 navini, lavlagining 40, sabzining 36, sholg’omning 20, bryukvaning 18, turpning 28 xil navlarini ekishga tavsiya qiladi. Ye.A.Grachev birinchi bo’lib kartoshka navlarini yovvoyi turlari bilan chatishtirib fitoftoraga chidamli navlar yaratadi.
Kungaboqar o’simligining tarixi juda qiziqarli, Shimoliy Amerikadan Yevropaga manzarali o’simlik sifatida olib keltirilgan chet mamlakat mehmoni 1870 yilga kelib asosiy texnika ekiniga aylanadi.Hozirgi kunda Hamdo’stlik mamlakatlarida yaratilgan yuqori hosilli, tarkibida moy miqdori ko’p bo’lgan kungaboqar navlari AQSh, Kanada, Chili kabi mamlakatlar dalalarida ekish uchun introduksiya qilinmoqda.
Bunday misollarni ko’p ekinlar bo’yicha keltirish mumkin. Madaniy o’simliklarning botanik tarkibini o’rganish R.E.Regel tashabbusi bilan 1894 yilda Rossiya dehqonchilik vazirligi qoshida (Peterburg) amaliy botanika byurosi tashkil qilinganidan keyin avj oladi. Bu jahon fanining tarixida o’simliklar manba’lari va ularni introduksiyasini o’rganish maqsadida ilmiy izlanishlarni tashkil qilish edi. Byuro tomonidan bir necha ekspedisiyalar tashkil qilinadi.
1924 yilda amaliy botanika byurosi asosida Butanittifoq amaliy botanika va yangi navlar instituti tashkil qilinadi, keyinchalik 1930 yil uning nomi Butunittifoq o’simlikchilik instituti ((Vsesoyuzny institut rasteniyevodstva - VIR) deb atala boshlanadi. Institutga 1967 yilda akademik Nikolay Ivanovich Vavilov nomi beriladi.
N.I.Vavilov 1920 yildan boshlab 20 yil davomida bu institutni direktori lavozimida ishlab genetika fani, seleksiya fanining rivojlanishida katta xizmatlar qiladi. Vavilov davridan boshlab Yer sharida o’sgan o’simliklarni o’rganish va terib-yig’ib olish avj oladi va dunyoda eng yirik - boshlang’ich material uchun-o’simliklarning jahon kolleksiyasi tashkil qilinadi. VIRning olimlari N.I.Vavilov raxbarligida yer sharining 5 qit’asiga 60 dan ziyod, Hamdo’stlik mamlakatlari territoriyasiga esa 150 dan ko’proq ekspedisiyalarda (N.I.Vavilovning shaxsan o’zi 52 ta mamlakatda bo’ladi) qatnashadilar. Shu maqsadda chet mamlakatlarning ko’plab ilmiy muassasalari bilan keng miqyosda nav namunalari almashish ishlari olib boriladi.N.I.Vavilov rahbarligida jahon kolleksiyasida 250 mingdan ziyod o’simliklar nav namunalari to’plangan edi.
Jahonda eng boy manba hisoblangan VIRning o’simliklar dunyosi kolleksiyasini yaratishda N.I.Vavilov, R.E.Regel, P.M.Jukovskiy, S.M.Bukasov, D.D.Brejnev, V.Ye.Pisarev, S.V.Yuzepchuk, V.S.Lexnovich, A.Ya.Trofimovskaya, D.V.Ter-Avanesyan, V.F.Dorofeyev va boshqa ko’p olimlarning hissasi ayniqsa kattadir. VIRning ilmiy xodimlari N.I.Vavilov rahbarligida 20 yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, o’simliklarning Karl Linney davridan keyingi ikki asr ichida topilgan ko’p miqdordagi yangi turlarini aniqladilar. Shu bilan birga, ular qaysi o’simlik qayerdan kelib chiqqan, uning vatani qayerda ekanligini aniqlab, buni isbotladilar.
VIR ekspedisiyalari natijasida Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarining turli mamlakatlarida o’simliklarning seleksiya uchun qimmatli va kerakli nav hamda xillari topildi. Kichik Osiyo, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlarida turli ekinlarining hozirgacha aniq bo’lmagan belgi va xususiyatli nav hamda xillari borligi aniqlandi. Masalan, ingliz bug’doyining 1000 ta doni 80 grammgacha bo’lgan, Jazoirning doni to’kilib ketishiga o’ta chidamli bug’doylari, O’rta Yer dengizidan keltirilgan arpaning turli kasalliklarga chidamli xillari seleksiya uchun muhim ahamiyatga egadir. Efiopiyadan qattiq bug’doyning qimmatli xillari, oq donli zig’ir va sulining yangi turi topildi. Bundan tashqari, bug’doyning ildiz chirishi, arpaning un shudring kasalliklariga chidamli ayrim xillari va xususiyatiga ega bo’lgan shakllari aniqlangan.
Markaziy va janubiy Amerikaning Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Argentina kabi mamlakatlaridan makkajo’xori va yovvoyi kungaboqarning barcha kasalliklarga chidamli xillari keltirildi. Bu yerlardan kartoshkaning poliploid, oqsilga boy, sovuq, zararkunandalar va kasalliklarga (kolarado qo’ng’izi, fitoftora, rak va viruslarga) chidamli yovvoyi turlari topildi.
Shunday qilib VIRda yaratilgan madaniy o’simliklarning jahon koleksiyasi o’zining turli-tumanligi va miqdori jihatdan dunyoda tengi yo’qdir. U yer yuzida yetishtiriladigan o’simliklarning asosiy genofondini o’z ichiga oladi va seleksiya uchun boshlang’ich material bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda 1700 dan ortiq o’simlik turlarining 300 mingdan ko’p nav va namunalari mavjud.
O’simliklar kolleksiyasi namunalari, navlari O’zbekistonda g’o’za, sholi, bug’doy, arpa, kartoshka, makkajo’xori va boshqa ekinlari ilmiy-tadqiqot institut muassasalarida mavjud bo’lib, bu namuna nav kolleksiyasini doimo to’ldirish, boyitish choralari ko’rilmoqda. Samarqand qishloq xo’jalik instituti olimlari ham bu sohada o’z hissalarini qo’shib kartoshka, bug’doy, arpa ekinlarini kolleksiyasiga ega va har xil chora-tadbirlar qo’llab uni boyitishi bilan shug’ullanmoqdalar.
VIR kolleksiyasidagi o’simliklarni har tomonlama, turli ekologik sharoitlarda o’rganish natijasida ularni boshlang’ich material sifatida seleksiyada foydalanish, duragaylashda juft tanlash ishlarini ancha osonlashtirib berdi. O’rganish natijasida kolleksiya tarkibida noqulay sharoitlarga – qurg’oqchilikka, sovuqqa chidamli, har xil zamburug’ kasalliklari majmuiga immunitetli, qimmatli belgi va xususiyatli namuna va mahalliy navlarning geografik guruhlari aniqlangan.
O’simliklar kolleksiyasini yig’ish, har tomonlama o’rganish va seleksiya uchun amalda foydalanishni baholash asosida N.I.Vavilov seleksiya uchun boshlang’ich material ta’limotini, madaniy o’simliklarni seleksiyasining aniq batafsil agroekologik asoslari nazariyasini yaratadi. Bu nazariya asosida yer sharining hamma mamlakatlar o’z seleksiya ishlari va ekspedisiyalaridagi ishlarini yuritadilar.
VIRning o’simliklar jahon kolleksiyasidan foydalanish natijasida har xil ekinlarning 700 dan ortiq navlari yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston seleksionerlari tomonidan jahon kolleksiyasi o’simliklari asosida g’o’zaning bug’doy, arpa, makkajo’xori, sholi, kartoshka va boshqa ekinlarning yuqori hosilli, yaxshi sifatli navlari yaratilib, katta maydonlarda ekilib kelinmoqda.
N.I.Vavilov rahbarligida to’plab yig’ib olingan jahon kolleksiyasi o’simliklarining urug’lari, tuganaklari VIRning laboratoriya bo’limlari omborchalarida temir qutichalarda saqlanib, har 2-3 yilda tajriba stansiyalarda ekib urug’lari yangilanib turiladi.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling