Pog’onali chatishtirish.Ilgari navlarni yaratish maqsadida asosan oddiy navlararo juft duragaylash qo’llanilar edi. Lekin navlar oldida talablar oshishi bilan, kerakli belgi va xususiyatli navlarni yaratish oddiy duragaylash bilan erishish mumkin emas edi, shuning uchun murakkab chatishtirishlar, ya’ni uch-to’rt va undan ko’p o’simlik xil turlarini chatishtirishga to’g’ri kelar edi. Bir o’simlikda (navda) bir necha o’simlik shakllarini belgi va xususiyatlarini mujassam qilish uchun seleksiya jarayonida ketma-ket pog’onali chatishtirishlar qo’llanadi. Pog’onali chatishtirshda - dastlab ikki nav (tur, xil) chatishtirilib, oddiy duragay olinadi, keyin bu duragay bir necha yil davomida birin-ketin boshqa duragay yoki navlar bilan chatishtiriladi.U quyidagicha bo’lishi mumkin.
A x B (A x B) x V [(A x <) x V] x G {[A x B) x V] x G} x D
yoki
( A x B) x (V x G) [(A x B) x (V x G) x D {[(A x B) x (V x G)] x D} x E
Pog’onali chatishtirishda bitta duragay organizmda 4-5 va undan ko’p navning irsiy xususiyatlarini birlashtirish mumkin.
Pog’onali murakkab chatishtirish usulini birinchi bo’lib seleksioner olim A.P.Shexurdin yaratdi va amalda muvaffaqiyatli qo’lladi. Bu usul asosida bahori yumshoq bug’doyning Lyutessens-53/12, Albidum-43, Albidum-24, Saratovskaya-210, Saratovskaya-29 va qiltiqsiz qattiq bug’doyning bir necha navlari yaratildi.
Bahori bug’doyning Saratovskaya-29 navi o’zining hosildorligi va ajoyib texnologik sifatlari uchun keng maydonlarga tarqalib, 19 mln. gektar yerda ekilib kelindi. Uning kelib chiqishi quyidagicha:
Beloturka x Poltavka
Lyutessens-91 x Sarroza
Albidum-24 x Lyutessens-55/11
Saratovskaya-29
Pog’onali chatishtirish hozirgi vaqtda jahondagi barcha mamlakatlarda bug’doy, arpa, kartoshka, g’o’za va boshqa ekinlar seleksiyasining asosiy usuli bo’lib qoldi.
Akademik P.P.Lukyanenko pog’onali murakkab chatishtirishni bir-biridan geografik jihatdan uzoq navlarni duragaylash asosida olib borib, kuzgi bug’doyning dunyoga mashhur bo’lgan o’ta plastik, yuqori hosilli Bezostaya-1 navini yaratdi.
Akademik P.F. Garkaviy shu usulni qo’llab arpaning Chernomores navini yaratdi.D.B.Babayev ingichka tolali g’o’zaning eng ko’p tarqalgan Ashxobod-25 navini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |