Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
савол. Seleksiyaning mavjud usullari analitik va sintetik xillariga bo’linadi
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
3.савол. Seleksiyaning mavjud usullari analitik va sintetik xillariga bo’linadi. Tabiatda mavjud bo’lgan o’simlik populyasiyalari yoki mahalliy navlardan tanlash yo’li bilan yangi nav yaratish seleksiyaning analitik usuli hisoblanadi.
Tabiiy populyasiya va mahalliy navlardan qimmatli belgi va xususiyatli o’simliklarni tanlash, o’rganish, baholash hamda ular asosida yangi navlar yaratish bilan shug’ullanadigan seleksiya - analitik seleksiya deyiladi Bir qator mamlakatlar dehqonchiligining tajribalari boshqa davlatlardan keltirilgan navlardan foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Masalan, AQSh va Kanadada bug’doy, arpa, javdar, xashaki ekinlar va mevali daraxtlar yaxshi navlarining juda ko’pligi Rossiyadan, Hindiston va G’arbiy Yevropadan olingan boshlang’ich materialdan foydalanish natijasidir. AQShning qurg’oqchilik rayonlarida ekiladigan bug’doyning hamma navlari Hamdo’stlik mamlakatlari janubiy cho’l rayonlari negizida, jumladan, O’rta Osiyo mamlakatlari navlari negizida yaratilgan. AQSh, Kanada va Argentinada Yevropadan, Hindistondan va Xitoydan keltirilgan navlar asosida kuzgi va bahori bug’doyning ajoyib navlari yaratilgan. I.V.Michurin seleksionerlar ichida birinchi bo’lib, o’simliklarning geografik jihatdan uzoq shakllarini duragaylashga katta e’tibor berdi. U shu yo’l bilan mevali o’simliklarning ko’p qimmatbaho navlarini yaratdi. G’o’za, kartoshka, arpa kabi ekinlarning respublikamizda tarqalgan qimmatli navlarni yaratishda chetdan keltirilgan navlar katta ahamiyatga ega. Masalan, kartoshkaning intensiv tipidagi Zarafshon navini yaratishda Germaniya (GDR) va Chilidan keltirilgan navlardan foydalanilgan edi. Seleksiya ishida o’simliklarning yovvoyi tur va xillari ham boshlang’ich material sifatida muhim manba hisoblanadi, chunki ularning ichida qurg’oqchilikka, sovuqqa, qishga, tuproq sho’riga, kasallik va zarar kunandalarga o’ta chidamliligi, mahsulot sifati bo’yicha ajralib turadiganlari bor. O’simliklarning yovvoyi xillaridan bug’doy, arpa, g’o’za, kartoshka va boshqa ekinlar seleksiyasida keng foydalanilmoqda. Akademik N.V.Sisin bug’doy bilan unga yaqin bo’lgan yovvoyi o’t - bug’doyiqni chatishtirib, noqulay sharoitlarga chidamli, hosildor, doni sifatli, belgi va xususiyatlari yaxshi saqlanadigan bug’doy-bug’doyiq duragay navlarini (PPG-nomli) yaratishga muyassar bo’ldi. Akademik S.Miraxmedov g’o’zani yovvoyi xillaridan, jumladan, Meksika yarim yovvoyi g’o’zasidan foydalanib (uni S-4727 nav bilan takroriy chatishtirib), tezpishar va viltga chidamli Toshkent-1 navini yaratdi. Kartoshkaning yovvoyi turlaridan foydalanib, tezpishar, bir yilda ikki hosil beradigan, virus kasalliklariga, rak, fitoftora, nematadalar, kolorado qo’ng’iziga, har qanday noqulay sharoitlarga chidamli, tarkibida ko’p miqdorda kraxmal, oqsil, vitaminlar saqlaydigan, intensiv tipidagi navlar yaratilmoqda. Bu sohada S.M.Bukasov, A.Ya.Kameraz, P.I.Alsmik va boshqa seleksioner olimlarning xizmatlari katta. 4 савол. Akademik N.I.Vavilov yer yuzidagi o’simliklarning nav boyliklarini o’rganish natijasida ekinlarning kelib chiqish markazlari to’g’risidagi ta’limotni (qonunni) yaratdi. U yer yuzida o’simliklar kelib chiqishning asosan 8 ta markazi borligini aniqladi: Xitoy-Yapon, Hindiston, O’rta Osiyo, Old Osiyo, O’rta yer dengizi, Habashiston (Abissiniya), O’rta Amerika va Janubiy Amerika markazlari. Bu markazlar bir-biridan cho’llar, tog’liklar yoki katta suvli masofalar bilan ajralib turgan.Madaniy o’simliklarni kelib chiqish markazlari to’g’risidagi ta’lim N.I.Vavilov tomonidan 1935 yilda e’lon qilingan edi. Undan keyin ko’p yillar (50 yildan ko’p) o’tib, N.I.Vavilov nazariyasi asosida o’simliklarni kelib chiqishi va jahon kolleksiyasini boyitish, o’rganish borasida katta ishlar bajarildi. Akademik P.M.Jukovskiy Vavilovning ta’limotini yanada rivojlantirib, yana o’simliklarning kelib chiqish va shakllanish 4 markazi borligi to’g’risida aytadi. Shunday qilib, hozir madaniy o’simliklarning quyidagi 12 ta kelib chiqish va shakllanish markazlari mavjud: Xitoy-Yapon markazi; Indoneziya-hindixitoy markazi; Avstraliya markazi; Hindiston markazi; O’rta Osiyo markazi; Old-Osiyo markazi; O’rta yer dengizi markazi; Afrika markazi; Yevropa-Sibir markazi; O’rta Amerika markazi; Janubiy Amerika markazi; Shimoliy Amerika markazi. Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling