Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet26/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

3. Resiprok chatishtirish. Bunda avval ona sifatida olingan tur ikkinchi marta ota sifatida olib chatishtiriladi

♀A x ♂B ; ♀ B x ♂A


Masalan, bug’doy - onao’simligisifatida, javdarotasifatidaolinibchatishtirilsaonao’simliginingboshog’ida 25 foizurug’ hosilbo’ladi.Aksincha bug’doy ota, javdar ona sifatida chatishtirilsa – 60 foiz don beradi.

♀ Bug’doy x ♂Javdar 25 foiz urug’ hosil beradi;


♀ Javdar x ♂Bug’doy 60 foiz urug’ hosil beradi;


yoki
bug’doyiq ona, bug’doy ota sifatida olinganda 3,6 foiz don hosil beradi, aksincha bug’doy ona bug’doyiq ota sifatida olinsa 60 foiz don hosil beradi.


♀ Bug’doyiq x ♂ Bug’doy 3,6 foiz don;


♀ Bug’doy x ♂Bug’doyiq 60 foiz don beradi.




4. Amfidiploidiya usuli. Kolxisin eritmasi bilan urug’larni ishlab xromosom sonlarini ikki marta ko’paytirish. Bu usulda hosil beradigan yuqori sifatli allopoliploid yoki amfidiploidlarni yaratish mumkin. Duragaylarning pushtsizligi boshqa usullar bilan ham bartaraf etish mumkin, masalan o’simliklarning gullash davrida qulay sharoitlar yaratish, fiziologik-aktiv moddalar, ximiyaviy mutagen va boshqa omillarni qo’llash bilan.
Turkumlararo duragaylashni birinchilar qatorida o’tkazgan genetik olim G.D.Karpechenko. U turpning Raphanus sativus (2n =18) karam Brassica Oleracea (2n =18) bilan chatishtirish ishlarini 1922 yilda boshlaydi.
Turpning diploid xromosomalar to’plami 2n =18, karamning ham diploid xromosomalar to’plami 2n =18 xromosoma

Turp - Raphanus x Karam - Brassica duragay


2n =18 2n =18 2n =18
Hosil bo’lgan gametalarda
n=9 n=9 (9T+9K)

Duragayda ham xromosomalar soni 18 ga teng bo’ladi, lekin bu 18 xromosomaning 9 tasi turpning va 9 tasi karamning xromosomalari bo’lganligi tufayli ularning gomologik xromosomalari (juftlari) bo’lmaydi. Shuning uchun ularda meyoz bo’linishi o’tmaydi, jinsiy hujayralar-gametalar hosil bo’lmaydi.Natijada bu duragay pushtsiz bo’ladi.


Karpechenko duragaylash jarayonida ayrim duragay gullarida reduksiyalanmagan xromosomali gametalar qo’shilishi natijasida – xromosomalar soni ikki barobar oshishi ro’y berishini va natijada duragay steril emas balki fertil holatda bo’lishini aniqladi:

Turp - Raphanus x Karam - Brassica.


T urp 2n =18 x karam 2n =18 duragay 2n =36


gameta 18 gameta 18 (9T+9T+9K+9K)

Turp-karam duragayi Rafanobrassika deb atalgan.


Bunday holatda reduksiyalanmagan xromosomali gametalar - 18 xromosoma turp va 18 xromosoma karam qo’shilib 36 xromosomali duragay hosil bo’ladi. Bunday o’simlikda gomologik xromosomalar turpning 9 jufti va karamning 9 jufti bo’lib, meyoz bo’linishi va gametalarning hosil bo’lishi normal o’tadi - duragay fertil holatda bo’ladi. Bunday duragaylar - allotetraploid yoki amfidiploid deb ataladi.Shunday qilib, Karpechenko uzoq shakllar duragaylarining sterilligini (pushtsizligini) chatishtirilayotgan turlarning somatik xromosomalar to’plamini qo’shilishi bilan bartaraf etish mumkinligini isbotlab beradi.
G.D.Karpechenko uzoq shakllarni chatishtirishni 2 guruhga bo’ladi:

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling