Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
Internet manbalari
1.www.referat.ru 2.www.agronomy.ord 3.www.library:breeding of animals and crop plants. 4. http: www.Ziyonet.Uz Mutasiya o’simliklar evolyusiyasi va seleksiyasida irsiy o’zgaruvchanlikning muhim manbalaridan biridir. Mutasiya deb, o’simlik (organizm) belgi va xususiyatlarining to’satdan bir holatdan ikkinchi holatga o’zgarib qolishiga aytiladi. Mutasiya nasldan-naslga beriladigan (o’tkaziladigan) o’zgaruvchanlik bo’lib, genotipni o’zgarishi bilan bog’liq. Demak, mutasiya bu irsiy o’zgaruvchanlikdir. Masalan, boshog’i qiltiqli hisoblangan o’simlikda qiltiqsiz boshoq, g’o’zada shoxlanishi cheklanmagan tipda bo’lsa cheklangan tipdagi o’simlik rivojlanishi va bu o’zgarishning irsiy (turg’un) bo’lishi mutasiyadir. Evolyusiya jarayonida vujudga keladigan mutasiyalar organizm uchun foydali, zararli va neytral bo’lishi mumkin. Foydali mutasiyalar organizmning noqulay sharoitga chidamliligini (hayotchanligini) oshiradi. Zararli mutasiyalar bu xususiyatni susaytiradi. Mutasiyalar yirik (makro) va mayda (mikro) bo’ladi. Makromutasiyalar organizmning irsiyatini keskin o’zgartiradigan mutasiyalardir. Mikromutasiyalar organizmning morfologik, fiziologik va istalgan miqdoriy belgilarida yuz beradigan kichik o’zgarishlardan iborat. Ular tabiatda makromutasiyalarga nisbatan ko’p hosil bo’ladi.Shuning uchun seleksiya ishida muhim ahamiyatga ega.Mutasiya natijasida o’simliklarning turli belgi yoki xususiyatlarini o’zgartirish mumkin. Shunga muvofiq mutasiyalar morfologik, fiziologik va bioximik bo’lishi mumkin. Morfologik mutasiya natijasida o’simlikning tashqi ko’rinishi va organlari o’zgaradi (ko’sagi, shoxlanishi, boshog’i, bargi, urug’i, poyasi kabilar). Fiziologik mutasiyalar oqibatida organizmning fiziologik xususiyatlari (nafas olishi, fotosintez jarayon, transpirasiya kabi) o’zgaradi.Bioximik mutasiyalar natijasida organizmning bioximik tarkibi ayrim moddalarning sintezlanishi o’zgaradi.Masalan, makkajo’xorida Opak-2, Flouri-2 genlarning hosil bo’lishi dondagi lizin aminokislotasining miqdorini oshirib uning to’yimligini oshiradi. Mutasiya o’simlikning irsiy imkoniyatlarini ham o’zgartiradi. Organizm genotipining o’zgarish xossalariga qarab mutasiyalar 3 xilga bo’linadi: gen mutasiyalari; xromosomalar tarkibining qayta tuzilishi; xromosomalar sonining o’zgarishi. Gen mutasiyasi xromosomaning ayrim lokuslari (genlar) to’satdan o’zgarib qolishidir. Gen mutasiyasi ayrim genlarning sifat o’zgarishidir. Mutasiyalarning sodir bo’lishi qonuniy hodisa bo’lib, organizmning normal holatini o’zgartirishi mumkin. Xromosomaning qayta tuzilishi. Xromosomalar strukturasini o’zgarishi (xromosomalarning qayta tuzilishi) xromosomaning ichida va xromosomalararo bo’ladi. Bitta xromosoma ichida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga xromosoma ichida bo’ladigan qayta tuzilish deyiladi va ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) xromosomaning bir bo’lagi yo’qolishi yoki yetishmasligi (delesiya va defishensi); b) xromosomaning bir qismi ikki hissa yoki undan ko’p ortishi (duplikasiya); v) xromosomaning qismlari 180 daraja burilishi (inversiya); g) genlarning o’rin almashinishi (insersiya). Gomozigota organizmlarda xromosomaning kichikroq bo’lagi yetishmasligi odatda gen mutasiyalarining vujudga kelishiga sabab bo’lib, fenotipga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday organizmlarda xromosomaning kattaroq bo’lagi yetishmasligi esa genotipda keskin o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.Natijada organizm nobud bo’ladi.Agar organizm geterozigota holatda bo’lsa, u yashab qoladi. Xromosoma bo’laklarining yetishmasligi organizmning xayotchanligini va nasl qoldirish qobiliyatini pasaytiradi. Xromosomaning bir xil genli qismlarining ortishi – takrorlanishi duplikasiya deyiladi.Duplikasiya xromosoma bo’laklari yetishmasligiga teskari hodisa bo’lib, organizm belgilarini o’zgarishiga olib keladi. Xromosomaning bo’laklarini 180 daraja burilishi natijasida organizmning ilgarigi xususiyati saqlanishi yoki o’zgarishi mumkin.Xromosomalarning tashqi muhit omillari (ionizasiya nurlari, ximiyaviy moddalar) ta’sirida qayta tuzilishi organizmning fiziologik holatiga ham bog’liq. Translokasiya, inversiya, duplikasiya va defishensi natijasida bir xromosomaning genlari boshqasiga o’tishi mumkin. Natijada ko’pincha fenotipik o’zgarishlar sodir bo’ladi. 1933-1935 yillarda genetik olimlari N.P.Dubinin va B.N.Sidorovlar xromosomalar qayta tuzilganda genlar o’z ta’sirini o’zgartirishini to’la aniqlashga erishdilar. Ba’zi bir resessiv genlar boshqa xromosomalarga o’tganda dominant xususiyatga ega bo’lib qolishi va ular oldingi o’ringa qaytarilganda resessivlik xususiyati yana tiklanishini ham bilib oldilar. Xromosomalar sonining o’zgarishi bilan bog’liq mutasiyalar gaploid va diploid xromosomalar sonining o’zgarishi natijasidir. Bu masalani kelgusi Poliploidiya va gaploidiyadan seleksiyada foydalanish degan mavzuda batafsil o’rganamiz. Mutasiyalar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiatda odam ishtirokisiz hosil bo’ladigan mutasiyalar tabiiy mutasiyalar deb ataladi. Tabiiy (spontan) mutasiyalarning hosil bo’lishi quyidagilarga bog’liq: o’simlik turini tashkil qilgan genotipning mutasiyalanish imkoniyati, o’simliklarning tashqi sharoitga moslashganligi, o’simlikning tarqalgan rayonlari va boshqa xususiyatlar. Agar o’simlik turi sharoitga yomon moslashgan bo’lsa, tog’li yerlarda, tekislik rayonlarga nisbatan ko’p mutasiyaga duchor bo’ladi. Genotip va fenotip tushunchalarini fanga 1909 yilda Daniyalik genetik olim V.Iogansen kiritgan. Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling