Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 416.72 Kb.
bet35/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
маруза матни

Gaploidiya. Xromosomalar to’plami dastlabki miqdorga nisbatan 2 marta kam bo’lgan organizmlar gaploidlar yoki monoploidlar deyiladi.
Gaploidlar bitta tuxum hujayra, sinergid, antipod yoki chang donachasining rivojlanishidan hosil bo’ladi. Gaploid organizmlarning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ular quyidagilardir: ular bir-biriga o’xshash, lekin hujayralari va organlari kichik, kuchsiz rivojlangan va hayotchanligi past. Ular to’liq naslsiz (steril) bo’ladi, tabiatda juda kam vujudga keladi. Masalan, makkajo’xorida-1000 ta donidan bitta, g’o’zada esa 3000 ta chigitdan bitta hosil bo’lishi mumkin. Gaploid organizmlarning xromosomalari o’z juftiga ega emas (gomologik xromosomalar yo’q). Shuning uchun dominant belgilar resessiv belgilarni yashirin holatga o’tkaza olmaydi, ya’ni resessiv belgilar ochiq rivojlanadi. Bu esa seleksiya uchun yangi belgi va xususiyatlar paydo bo’lishi manbai bo’lib hisoblanadi.
Amalda gaploidlar redusiyalashgan partenogenez yoki androgenez yoki redusiyalashgan apogametiy natijasida hosil bo’ladi.
Partenogenezda (yunon tilida partenos - qiz (devisa) degani) murtak urug’lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi.
Androgenez (yunon tilida – andros - erkak degani) tuxum hujayrasining yadrosi rivojlanmay, uning o’rnini spermiyning yadrosi egallaydi. Natijada hosil bo’lgan o’simlikda faqat ota o’simligi xromosomalar to’plami borligi tufayli - faqat ota o’simligi irsiyatiga ega bo’ladi.
Redusiyalashgan apogametiyda murtak xaltachasi hujayra-lari - sinergid yoki antipodlardan hosil bo’ladi. (Ular gaploid (n) xromosomalar to’plamiga egadir). Bunda tuxum hujayrasi (gaploid-n) normal holatda spermiy (gaploid-n) bilan urug’lanadi va somatik xromosomalar to’plamiga ega (n+n=2n) murtak hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda o’sha urug’ning tarkibida yana bitta murtak hosil bo’ladi (gaploid xromosomalar to’plamli sinergid yoki antipoddan).
Tabiiy sharoitda gaploidlar tur ichida yoki turlararo changlanish (chatishish) natijasida yoki haroratni keskin o’zgarishi, nurlanish yoki boshqa sabablar natijasida hosil bo’ladi.
Gaploidlarni sun’iy yaratishda quyidagi usullar qo’llaniladi:

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling