Ma`ruza Mavzu: Noruda konlarini qazib olish
Noruda konlar va ularning turlari
Download 24.69 Kb.
|
Noruda foydali qazilmalar-fayllar.org
Noruda konlar va ularning turlariNoruda konlar va ularning turlari Xalq xo`jaligida yoqilgi yoki metall uchun xom ashyo hisoblanmaydigan foydali qazilmalarga noruda foydali qazilma konlari deyiladi. Noruda foydali qazilma mahsuloti hisoblangan va qurilish ishlarida (sanoat, turar joy, yo`l va boshqalar) qo`llaniladigan har xil materiallar (shagal, graviy, but, arralangan tosh, tsement va boshqalar) noruda qurilish materiallari deb yuritiladi. Noruda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kar’erlarning nomlari qazib chiqariladigan kon jinsi (granit kar’eri, karbonat kar’eri, marmar kar’eri va boshqalar) yoki qazilma mahsuloti (shag`al tosh, dekorativ tosh kar’erlari) nomlariga mos ravishda qabul qilingan. Noruda kurilish materiallari xar xil genetik tipdagi kon jinslari – magmatik (granit, sienit, gabbro, andezit, tuf va boshkalar), cho`kindi (oxaktosh, dolomit, graviy, kum va boshkalar) ko`rinishida uchraydi. Ular tabiatda keng tarkalgan bo`lib, er yuzasiga yakin joylashgan va asosan ochiq usulda kaziladi. Noruda qurilish materiallari er qa`ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko`rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo`llaniladigan foydali qazilmalardan iborat.Noruda qurilish materiallari er qa`ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko`rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo`llaniladigan foydali qazilmalardan iborat. Bloklar va qoplama plitalarni ishlab chiqarish uchun qattiq tog` jinslari: granit, diorit, gabbro, kvartsit, labrodorit, bazal’t, diabaz, andezid; o`rtacha qattiqlikdagi tog` jinslari: marmar, marmarlashgan ohaktosh, peschanik; yumshoq tog` jinslari: ohaktosh, dolomit, travertin, tuf va gipslar qazib olinadi. Kar’erlarda bloklarni qazib olish burg`ulash-portlatish ishlari va buroklin usulida amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab massivdan katta o`lchamdagi bloklar ya`ni, monolitlar ajratib olinadi keyin esa, u kerakli o`lchamdagi bloklarga ajratiladi. Massivdan katta blokni ajratib olish uchun ishchi gorizontda blokni vertikal bo`yicha blok osti yorig`igacha chegaralovchi shpurlar burg`ulanadi, portlovchi modda bilan zaryadlanadi va portlatiladi. Portlash natijasida yoriqlar hosil bo`ladi. So`ngra esa, monolit massivdan gidrodomkrat yordamida ajratib olinadi yoki bul’dozer yordamida tortib olinadi. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling