Ma`ruza Mavzu: Noruda konlarini qazib olish


Download 24.69 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1494099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Noruda foydali qazilmalar-fayllar.org

Olmos (arabcha — ألماس‎‎, ’almās) — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral, sof uglerodning kristall holidagi turi. Olmos tabiatda maʼlum barcha materiallardan qattaqligi bilan ajralib turadi va shuning uchun sanoatning koʻp muhim tarmoqlarida qoʻllaniladi. 


  • Olmos (arabcha — ألماس‎‎, ’almās) — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral, sof uglerodning kristall holidagi turi. Olmos tabiatda maʼlum barcha materiallardan qattaqligi bilan ajralib turadi va shuning uchun sanoatning koʻp muhim tarmoqlarida qoʻllaniladi.

Flyuorit konlari


  • Flyuorit konlari

  • Flyuorit kalsiy va ftor birikmasidan iborat mineral bo‘lib, rangi havo rang, yashil va gunafsha. Nomi lotinchadan «flyuor» – «oqmoq» so‘zidan olingan; chunki u juda oson eriydi. Metallurgiyada rangli va qora metallarning erishini osonlashtiruvchi, shlaklarni suyultiruvchi va oquvchanligini oshiruvchi sifatida ishlatiladi. Oyna sanoatida shishalarning tiniqligini oshirishda, shisha va emal bo‘yoqlarga sutdek oq rang berishda keng qo‘llaniladi (10-rasm). O‘lchamlari 6х6х6 mm dan katta bo‘lgan, shaffof, rangsiz, yoriqlari va boshqa nuqsonlari bo‘lmagan flyuorit optik asboblarda ishlatiladi. Undan plavik kislotasi olinadi. U shisha va billurlarni yemiradi; shuning uchun ularga gul solishda ishlatiladi.

Flyuoritning asosan gidrotermal konlari ahamiyatli hisoblanadi. Yirik konlari qozog‘iston, AQSH, Meksika, Kanada, Ispaniyada joy-lashgan. O‘zbekistonda Obirahmat, Takob, Haydarkon, Novgarzon, Shabriz, Chibargatan konlari mavjud.


  • Flyuoritning asosan gidrotermal konlari ahamiyatli hisoblanadi. Yirik konlari qozog‘iston, AQSH, Meksika, Kanada, Ispaniyada joy-lashgan. O‘zbekistonda Obirahmat, Takob, Haydarkon, Novgarzon, Shabriz, Chibargatan konlari mavjud.

Gillar va kaolinlar.


  • Gillar va kaolinlar.

  • «Gillar» deb juda mayda mineral zarrachalardan tashkil topuvchi, suv bilan aralashganda xamirsimon massa hosil qiluvchi, quriganda o‘z shaklini saqlab qoluvchi va qizdirilganda toshdek qotuvchi modda hosil qiluvchi jinslarga aytiladi. Toshdek qattiq, ammo suvda aralashmaydigan gillar «argillit» deb ataladi.

  • Gillar mineral tarkibiga ko‘ra kaolinitli, montmorillonitli, gidroslyudali, beydellitli bo‘ladi. Kaolinitli gillar «kaolin» deb ataladi. Gillarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar: egiluvchanlik, g‘ovaklilik, o‘tga bardoshlilik (1580 °С), qovushqoqlik, suyulish, yutish, sovunlik, yog‘lik. Shularga ko‘ra gillar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • 1) kaolinlar – qog‘oz va sopol, rezina, sovun tayyorlash, kimyo sanoatlarida ishlatiladi;

  • 2) o‘tga chidamli va qiyin eriydigan gillar – o‘tga chidamli materiallar, shisha, po‘lat, bezak plitalar tayyorlashda ishlatiladi;

  • 3) yutish (adsorbsiya, tozalash) gillari – neft va moylarni, suvni tozalashda, burg‘ilash suyuqliklarini tayyorlashda qo‘llaniladi;

  • 4) oson eriydigan gillar – sement olishda, g‘isht va cherepitsa tayyorlashda qo‘llaniladi (11-rasm). Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan gillarning quyidagi genetik konlari mavjud: 1) qoldiq konlar; 2) cho‘kindi konlar.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling