Ma`ruza Mavzu: Noruda konlarini qazib olish
Download 24.69 Kb.
|
Noruda foydali qazilmalar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar
- Oltingugurt
- Mineral tuzlar.
Noruda foydali qazilmalar Ma`ruza Mavzu: Noruda konlarini qazib olish.Reja: 1. Oltingugurt konlari. 2. Mineral tuzlar. 3. Qurilish materiallari O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlarO`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar Oltingugurt konlari. Oltingugurt tabiatda sof va ba’zi minerallarning (ko‘proq sulfidli minerallarning) tarkibida asosiy komponent bo‘lib uchraydi. Sof oltingugurt biroz selen, tellur, gips zarrachalarini saqlaydi. Rangi – sariq. Qattiqligi 1,5–2,5. Erish harorati 114–119 °C. Oltingugurt ma’danlari bo‘lib, asosan, karbonatli va ohaktoshli birikmalar hisoblanadi. Oltingugurt ma’danlari kristallar, to‘plamlar yoki poroshok ko‘rinishida uchraydi. Oltingugurt asosan endogen va ekzogen jarayonlarda hosil bo‘ladi. Oltingugurtning asosiy sanoat turidagi konlari – cho‘kindi konlardir. Oltingugurt bilan gips, angidrid, tuz minerallari birgalikda uchraydi. OltingugurtOltingugurt Sof oltingugurtning boy konlari – Ukrainada (Vodin, Alekseyev), O‘zbekistonda (Sho‘rsuv)Farg’ona , Turkmanistonda (Gaurdak). qazib olinadigan oltingugurtning 50 foiz kimyo sanoatida sulfat kislota olish uchun, 25 % qog‘oz sanoatida, plastmassa olish uchun rezina sanoatida, meditsinada va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi Mineral tuzlar.Mineral tuzlar. Mineral tuzlarga quyidagi minerallar kiradi: NaCl – galit, KCl – silvin, MgCl2 · 6H2Oq bishofit, poligalit, karnolit, kaynit, mirabilit, langebeynit, tenardit va boshqalar (3-rasm). Bularning barchasining rangi tiniq, oqish va yaltiroq bo‘ladi. Agarda qo‘shimchalar bo‘lsa – pushti, qo‘ng‘ir, qoramtir bo‘lishi mumkin. Minerallarning qattiqligi 1–2. Barchasi suvda yaxshi eriydi. Kaliyli tuzlarning o‘g‘it sifatida 95 foizi ishlatiladi, natriyli tuz oziq ovqat sanoatida, kimyoda, teri va lakbo‘yoq sanoatida ishlatiladi (4-rasm). Tuzlar asosan kimyoviy cho‘kma sifatida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning konlari asosan ekzogen cho‘kindilar hisoblanadi. Sanoat miqyosida qazib olinadigan konlar asosan qadimgi davrda suv havzalarida hosil bo‘lgan va keyin qatlamlar ostida ko‘milib ketgan konlardir. Tuz to‘plamlarining birlamchi shakli qatlam shaklida bo‘ladi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 500–1000 metrgacha. Ular juda katta maydonlarda tarqalgan bo‘ladi. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling