Ma`ruza Mavzu: Noruda konlarini qazib olish


Noruda konlar va ularning turlari


Download 24.69 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1494099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Noruda foydali qazilmalar-fayllar.org

Noruda konlar va ularning turlari


  • Noruda konlar va ularning turlari

  • Xalq xo`jaligida yoqilgi yoki metall uchun xom ashyo hisoblanmaydigan foydali qazilmalarga noruda foydali qazilma konlari deyiladi.

  • Noruda foydali qazilma mahsuloti hisoblangan va qurilish ishlarida (sanoat, turar joy, yo`l va boshqalar) qo`llaniladigan har xil materiallar (shagal, graviy, but, arralangan tosh, tsement va boshqalar) noruda qurilish materiallari deb yuritiladi.

  • Noruda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kar’erlarning nomlari qazib chiqariladigan kon jinsi (granit kar’eri, karbonat kar’eri, marmar kar’eri va boshqalar) yoki qazilma mahsuloti (shag`al tosh, dekorativ tosh kar’erlari) nomlariga mos ravishda qabul qilingan.

  • Noruda kurilish materiallari xar xil genetik tipdagi kon jinslari – magmatik (granit, sienit, gabbro, andezit, tuf va boshkalar), cho`kindi (oxaktosh, dolomit, graviy, kum va boshkalar) ko`rinishida uchraydi. Ular tabiatda keng tarkalgan bo`lib, er yuzasiga yakin joylashgan va asosan ochiq usulda kaziladi.

Noruda qurilish materiallari er qa`ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko`rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo`llaniladigan foydali qazilmalardan iborat.


  • Noruda qurilish materiallari er qa`ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko`rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo`llaniladigan foydali qazilmalardan iborat.

  • Bloklar va qoplama plitalarni ishlab chiqarish uchun qattiq tog` jinslari: granit, diorit, gabbro, kvartsit, labrodorit, bazal’t, diabaz, andezid; o`rtacha qattiqlikdagi tog` jinslari: marmar, marmarlashgan ohaktosh, peschanik; yumshoq tog` jinslari: ohaktosh, dolomit, travertin, tuf va gipslar qazib olinadi.

  • Kar’erlarda bloklarni qazib olish burg`ulash-portlatish ishlari va buroklin usulida amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab massivdan katta o`lchamdagi bloklar ya`ni, monolitlar ajratib olinadi keyin esa, u kerakli o`lchamdagi bloklarga ajratiladi. Massivdan katta blokni ajratib olish uchun ishchi gorizontda blokni vertikal bo`yicha blok osti yorig`igacha chegaralovchi shpurlar burg`ulanadi, portlovchi modda bilan zaryadlanadi va portlatiladi. Portlash natijasida yoriqlar hosil bo`ladi. So`ngra esa, monolit massivdan gidrodomkrat yordamida ajratib olinadi yoki bul’dozer yordamida tortib olinadi.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling