Ma’ruza Mavzu: Texnik jixatdan tartibga solish Standartlarni ishlab chiqish va tadbiq etish


Nazorat organlarining huquqiy mavqelari


Download 88.5 Kb.
bet4/4
Sana04.11.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1746330
1   2   3   4
Bog'liq
14-ma’ruza Texnik jixatdan tartibga solish

Nazorat organlarining huquqiy mavqelari
Standartlarni nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi va Qorakalpog’iston Respublikasi bosh davlat inspektorlari, standartlarni nazorat qilish bo’yicha viloyat, shahar bosh davlat inspektorlari:
-standartlar buzilishida aybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
-tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
-standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan va davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni man etishda mutlaq huquqka egadirlar.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realiatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man etish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to’laydilar.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan takdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan takdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.


S i n o v s a v o l l a r i

1.Standartlashtirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?


2.Standartlashtirish xizmati qanday ishlarni amalga oshiradi?
3.Respublikamizda standartlashtirishga oid qanday normativ xujjatlar mavjud?
4.O’zstandart nima?
5.Standartlarni nazorat qilish bo’yicha bosh davlat inspektorlarining vazifalari nimalardan iborat?
Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling