Ma’ruza Mavzu: Texnik jixatdan tartibga solish Standartlarni ishlab chiqish va tadbiq etish


Download 88.5 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1746330
1   2   3   4
Bog'liq
14-ma’ruza Texnik jixatdan tartibga solish

15-ma’ruza
Mavzu: Davlat standartlashtirish tizimi (2-soat).

  1. Standartlashtirish xizmati va idoralari.

  2. Korxona va muassasalarda standartlashtirish xizmati.

  3. Standartlarning toifalari va turlari.

  4. «Standartlashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni.

  5. Standartlashtirishga doir ishlarni moliyaviy ta’minlash.



Standartlashtirishdagi davlat nazorati organlari va ob’ektlari
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taallukli boshqa qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan davlat nazoratini «O’zstandart», Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’likni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil kilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Idoraviy bo’ysunuvi va mulk shaklidan kat’iy nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chikindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik faolyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
-standartlarni nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi va Qorakalpog’iston Respublikasi bosh davlat inspektorlari;
-standartlarni nazorat qilish bo’yicha viloyat, shahar bosh davlat inspektorlari;
-standartlarni nazorat qilish bo’yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.


Davlat nazorati va tekshiruvining maqsad va vazifalari
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat boshqaruv organlarining vakillari tekshiruv jarayonida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradilar:
-xo’jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga moneliksiz kirish;
-xo’jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o’tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlar hamda ma’lumotlar olish;
-davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
-standartlashtirish bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o’lchovlarni) o’tkazish harajatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
-mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
-xo’jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo’yin tovlangan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga egadir.



Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling