Ma’ruza. Mavzu: yarim o‘tkazgichli qurilmalar reja yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.19 Mb.
bet5/9
Sana15.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1485035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12.-mavzu

Yarim o‘tkazgichli diodlar




  • va n tip o‘tkazuvchanliklarning kontaktidan yarim o‘tkazgichli diod hosil bo‘ladi 10-a rasm. r sohada asosiy zaryad tashuvchilar, musbat zaryadli kovaklar bo‘lgani uchun diodning r-tip o‘tkazuvchanlikka ega qismi anodga to‘g‘ri keladi. n tip o‘tkazuvchanlikka ega soha esa katodga to‘g‘ri keladi. Diodning shartli belgisi uchburchakli strelka ko‘rinishida bo‘lib, strelkaning uchi elektronlar harakatining yo‘nalishini ko‘rsatadi, 10- b rasm. Amaliyotda keng tarqalgan D226B markali diodning tashqi ko‘rinishi 10- v rasmda ko‘rsatilgan. Aksariyat hollarda diodning ingichka tomoni anod bo‘ladi, ayrim diodlarda tokning musbat yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi 10-v rasm.

p -n o‘tish

a


b

v


g


10- rasm. Yarim o‘tkazgichli diodning strukturasi (a), shartli belgisi (b),

D226B diodining umumiy ko‘rinishi (v) va diodlarda qutblarning belgilanishi.


Diodning asosiy xrakteristikalari r- n o‘tishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Vakuumli dioddagi singari, yarim o‘tkazgichli diodlarda ham voltamper xarakteristika (VAX) asosiy rol o‘ynaydi. Umumiy holda yarim o‘tkazgichli diodlar uchun VAX 11-a rasmda ko‘rsatilgan. Vakuumli dioddan farqli o‘laroq bu yerda kuchlanishning ortishi bilan tok kuchining ortishi jadallashib boradi va to‘yinish toki kuzatilmaydi.


Ito‘g‘ri (mA)


Uto‘g‘ri (V)


Uteskari(V)

Iteskari (mA)




a

b

11-rasm. Yarim o‘tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasi (a)va diodning ventil xususiyatini tekshirish (b).

Germaniy yarim o‘tkazgichlari asosida yasalgan diodlarda p-n o‘tish 0,1-0,2 V kuchlanishdan boshlab ochiladi va to‘g‘ri yo‘nalishda dioddan tok o‘ta boshlaydi. Kuchlanishning 0,5-1,0 V oralig‘ida kuchlanishning ortishi bilan tok kuchi chiziqli ortib borad (11 –a rasmdagi ab oraliq). Bu soha diodlar voltamper xarakteristikaning chiziqli qismi deb ataladi. VAX chiziqli qismining qiyaligi p-n strukturaning xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kuchlanish 1V dan oshgandan so‘ng tok keskin orta boshlaydi. Tok kuchining ortib ketishi kristall panjarada molekulaning
energiyasi ortib ketishiga va kristall strukturaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yarim o‘tkazgichli diodlarda kuchlanish bo‘yicha chegara mavjud.
Kremniy asosidagi yarim o‘tkazgichli diodlarda esa VAX ning chiziqli qismi 0,5-0,6 V kuchlanishdan boshlanib, 1,5 V dan keyin tokning keskin ortishi boshlanadi. VAX ning chiziqli qismi 0,5-1,5 V oralig‘ida kuzatiladi.
Diodning ventil xususiyatini VAX dan ham ko‘rish mumkin. p-n o‘tishga teskari kuchlanish qo‘yilganda, teskari yo‘nalishdagi tok kuchi kuchlanshning ortishi bilan deyarli o‘zgarmaydi. Agar to‘g‘ri yo‘nalishda tokning keskin ortishi 1V kuchlanishdan keyin boshlansa, teskari yo‘nalishda 100 V kuchlanishda ham tok kuchi deyarli o‘zgarmaydi (8.19-a rasmdagi v nuqta). VAX orqali, diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi qarshiliklarini ( xarakteristikaning a va v nutalari) aniqlasak:
Rdiod(to‘g‘ri) =0,5 V/50 mA=10 Om; Rdiod(teskari) =100 V/0,3 mA=330 kOm

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling