Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi


arteriyalar oraliq tepalik va neyral oyoqchani yuqori qismini oziqlantiradi; pastdan quyi


Download 432.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana11.05.2023
Hajmi432.61 Kb.
#1451650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)

arteriyalar oraliq tepalik va neyral oyoqchani yuqori qismini oziqlantiradi; pastdan quyi 
gipofizar arteriyalarqonni asosan neyrogipofiz va qisman oyoqchaga olib keladi.Yuqori 
gipofizar arteriyalar fenestrlangan kapillyarlar chigalini hosil qilib oyoqchaga va oraliq 
tepalikka qon yetkazib beradi. Bu kapillyarlar bir ozdan so‘ng birlashib venalar hosil 



qiladi. Bu venalar o‘z navbatida tarmoqlanib adenogipofizda ikkilamchi kapillyar chigalni 
hosil qiladi. Bu gipofiz darvoza sistemasi nixoyatda muxim rol o‘ynaydi, chunki u 
adenogipofizninghujayralarining funtsiyasini boshqaruvchi neyrogormonlarni oraliq 
tepalikdan adenogipofizga olib o‘tadi. (Anthony L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: 
Text and Atlas, 13-th ed.-2013). 
 
Bazofil hujayralar 
3) gonadotrop hujayralar – ularning gormonlari glikoproteid tabiatiga ega. Bu yumaloq 
hujayralarda donador EPT nisbatan yaxshi rivojlangan, markazda Golji kompleksi, yumaloq 
mayda (200-250 nm) donachalar joylashgan. Donachalar bilan bir qatorda yirik zich glikoproteid 
tomchilari ko‘rinadi. Taxminan bu hujayralarning bir turi follikulostimullovchi gormon (FSG), 
boshqasi esa – lyuteinlovchi gormon (LG) sekretsiya qiladi. Ular erkaklarda ham, ayollarda ham 
ishlab chiqariladi, faqat ayollarda ular tsiklik ajralib turadi. Bu gormonlar jinsiy hujayralarning 
rivojlanishi va yetilishini, jinsiy gormonlarning sekretsiyasini, ikkilamchi jinsiy belgilarni 
rivojlanishini stimullaydi. Jinsiy bezlar olib tashlanganda gonodotrop hujayralar kattalashadi, 
donador EPT hajmi nisbatan oshadi, ular keskin kengayadi, Golji kompleksi kattalashadi, 
donachalarning soni oshadi. Ba’zida sekret butun hujayralarni deyarli egallagan bitta yirik 
vakuolaga quyiladi. Bu hujayralar “kastratsiya hujayralari” deb ataladi.

Download 432.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling