Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi
Download 432.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)
Statinlar: 1. Somatostatin – STG, TTG, AKTG, glyukogon, insulin, gastrin, sekretin, VIP, xoletsistokinin, kaltsitonin, paratgormon, immunoglobulin, renin, me’da kislotasi sekretsiyasini, bikorbonatlar va hazm fermentlari sekretsiyalarini susaytiradi, ichakda glyukozaning so‘rilishini kamaytiradi, oshqozon ichak trakti harakati faoliyatini tormozlaydi, MNSga ta’sir ko‘rsatadi, harakat koordinatsiyalarini o‘zgartiradi; bu gormon nafaqat gipotalamusda, balki, hazm trakti va meda osti bezining endokrin hujayralarida ham ishlab chiqariladi. 2. Prolaktinni – ingibirlovchi omil (prolaktinostatin) prolaktinning sekretsiyasini susaytiradi va gonadotropinlar sekretsiyasini stimullaydi; miyaning boshqa qismlarida va yo‘ldoshda ham topilgan. 3. Dofamin gonodotrop gormoni, TTG, polaktin sekretsiyasini susaytiradi. 4. Melanostatin melanotropinlar hosil bo‘lishini pasaytiradi. EPIFIZ G‘o‘rrasimon bez, homila taraqqiyotining 5-6 haftalarida uchlamchi qorincha tomining orqa bo‘limida rivojlanadi. Uning shakllanishida neyroektodermal hujayralar ham ishtirok etadi, bundan tashqari yumshoq miya pardasini hosil qiluvchi mezenxima hujayralari ham ishtirok etadi. Neroektodermal hujayralar ikki turdagi hujayralarni hosil qiladi: parenximatoz – pineolitsitlar va neyroglial hujayralar. Mezinxima kapsula, trabekula, bezni ikkiga bo‘luvchi yarim to‘siqlar va qon-tomir, nervlarni hosil qiladi. Kapillyarlar to‘g‘ri kuchli rivojlangan. Epifiz bolalarda yaxshi rivojlangan, 6 yoshdan keyin involyutsiya yuz beradi: oxaklashgan moddadan 5 interstitsiyda konkrementlar to‘planadi (miya qumlari). Biriktiruvchi to‘qimada semiz hujayralar ko‘plab uchraydi. Hujayralarning katta qismi – pinealotsitlar bo‘lakchalar markazida guruh- guruh bo‘lib joylashgan. Oqish va qoramtir hujayralar farqlanadi. Sitoplazma bazofil (RNKga boy). Uzun to‘g‘nog‘ichsimon o‘simtalarga ega, ular kapillyarlar va ependima hujayralari orasida tugaydi, ularda osmiofil donachalar, mitoxondriyalar, vakuollar uchraydi. Bu hujayralar tanasida ko‘plab mitoxondriya, ribosoma, Golji apparati, lizosoma, silliq endoplazmatik to‘r, mikronaychalar, sekretor donachalar uchraydi. Pineolotsitlar vazifasiga ko‘ra ko‘zning to‘r pardasidagi fotoretseptor hujayralarga o‘xshaydi, ya’ni yorug‘likni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sezadi. Kechasi melotonin kunduzi serotonin sekretsiya qiladi. Sutkalik ritmini gipotalamus boshqaradi. Melotonin gonodotrop gormonlarining sekretsiyasini kamaytiradi, bola yoshdan oldin balog‘atga yetishni to‘xtatib turadi. Yorug‘lik pineolotsitlar bilan kontaktda bo‘ladigan simpatik nerv oxirlaridagi noradrenalinning ajralishini susaytiradi. Yorug‘lik to‘g‘risidagi axborot ko‘z to‘r pardasi orqali MNSga yetkaziladi va undan so‘ng triganglionar tolalar orqali yuqori bo‘yin gangliysiga, hamda buyrak usti bezining miya qismiga yetkaziladi. Yepifizda turli xil peptidlar (40 yaqin), oqsil-gormonlar (arginin-vazotonin, antigonadotropin, tiroliberin, moliliberin) va boshqalar hosil bo‘ladi. Antigonadotropin lyutropin sekretsiyasini pasaytiradi. Epifizning glial (interstitsial) hujayralari bo‘laklar periferiyasida joylashadi, ko‘plab shoxsimon o‘simtalarga ega, tarkibida donador EPT, mikronaychalar, mikrofilamentlar saqlaydi. Gipotalamusning supraoptik yadrosi biologik ritmni nazorat qilib turadi: uyquning davomiyligi va tetiklik, ovqatlarning harakati, gormonlar sekretsiyasi. Gumoral omil tserebrospinal suyuqlikda ishlab chiqariladi. Bu yadro “endogen soat” yoki biologik ritm generatori deyiladi. Download 432.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling