Ma’ruza Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish
Download 215.32 Kb. Pdf ko'rish
|
6-маъруза
O’rtacha (o’rtacha arifmetik qiymat) – bu xususiyatning barcha qiymatlari
yig’indisini ularning soniga bo’lish koeffitsientidir. U qandaydir yig’ma birlikni tavsiflaydi. U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Dispersiya - xususiyatlarning ayrim qiymatlarini o’rtacha qiymatlardan chetlashish kvadratining o’rtacha qiymatiga teng qiymat. U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. O’rtacha chiziqli chetlashish - xususiyatlarning ayrim qiymatlarini o’rtacha qiymatlardan chetlashish modulining o’rtacha qiymatiga teng qiymat hisoblanadi. U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. O’rta kvadratik chetlashish - dispersiyaning kvadrat ildiziga teng qiymat hisoblanadi. Bu o’lchangan miqdorlarning yoyilish o’lchovidir. U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Variatsiya koeffitsienti – o’rtacha kvadratik chetlashishni o’rtacha arifmetikka nisbati. Faqat metrik o’lchovlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Minimal qiymat - ma’lumotlar majmuasida duch keladigan o’zgaruvchining eng kichik qiymati Maksimal qiymat - ma’lumotlar majmuasida duch keladigan o’zgaruvchining eng katta qiymati. Tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning ikkinchi bosqichi o’rganilayotgan o’zgaruvchilar orasidagi korrelatsion bog’lanishlarni ifodalash hisoblanadi. Korrelyatsiya - o’zgaruvchilarning bog’liqlik o’lchovidir. O’rganilayotgan o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlar zichligini ko’rsatadigan bir nechta korrelyatsiya koeffitsientlari mavjud. Korrelyatsiya koeffitsientlari +1 dan - 1 gacha o’zgaradi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti -1 bo’lsa, o’zgaruvchilar qat’iy salbiy bog’lanishda bo’ladi (qancha yuqori bo’lsa, shuncha quyi bo’ladi), agar korrelyatsiya koeffitsienti +1 bo’lsa, o’zgaruvchilar qat’iy ijobiy bog’liqlikda bo’ladi (qancha yuqori bo’lsa, shuncha yuqori bo’ladi). Agar koeffitsient nolga teng bo’lsa, o’zgaruvchilar orasida bog’lanish bo’lmasligini aytib o’tish kerak. Eng mashhur va tez-tez ishlatiladigan korrelyatsiya koeffitsientlari quyidagilar: • Pirson korrelyatsiya koeffitsienti; • Spirman korrelyatsiya koeffitsienti • Kramer korrelyatsiya koeffitsienti • Fi korrelyatsiya koeffitsienti. Ilgari surilgan tadqiqot gipotezalarini tekshirish korrelyatsion, dispertsiyali yoki faktorli tahlil tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida, ilgari surilgan gipoteza tasdiqlanadi yoki rad etiladi, har qanday holatda ham natija olingan hisoblanadi. Klasterli tahlil - bu ko’p o’lchovli kuzatishni tasniflash imkonini beradigan usullarning to’plami bo’lib, ularning har biri muayyan parametrlar majmui bilan tavsiflanadi. Klasterli tahlilning maqsadi, klaster deb nomlanadigan bir-biri bilan o’xshash ob’ektlarning guruhlarini shakllantirishdir. Klasterli tahlil yordamida bozorni segmentga ajratish mumkin (masalan, iste’molchilarning eng muhim guruhlarini ajratish). Klaster usullarini segmentatsiya qilish uchun qo’llash quyidagi taxminlarga asoslanadi. Birinchidan, iste’molchilarning xususiyatlarini ko’rsatadigan o’zgaruvchilar qiymatlari bo’yicha o’xshash iste’molchilar guruhlarini ajratish mumkin. Ikkinchidan, ajratilgan segmentda mahsulotni ilgari surish uchun eng yaxshi marketing natijalariga erishish mumkin deb hisobanadi. Iste’molchilarni bir-biriga yaqinlik o’lchovlarini hisobga olgan holda bir guruhga birlashtirish marketing natijalari uchun ko’proq ahamiyatga ega deb hisoblanadi. Ushbu taxminlarni asoslash uchun dispersiyali tahlil qilish usuli qo’llaniladi. Download 215.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling