Ma’ruza Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish


Download 215.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi215.32 Kb.
#1407665
1   2   3   4
Bog'liq
6-маъруза

Dispersiyali tahlil. Dispersiyali tahlil yordamida bir yoki bir nechta 
bog’liqmas o’zgaruvchilarni bir yoki bir nechta bog’liq o’zgaruvchilarga ta’siri 
tadqiqot etiladi. Ushbu statistik tahlil usuli yordasida dispersiyalar (chetlashishlar) 
taqsimlanishini taqqoslash asosida o’rtacha qiymatlarni farqi haqidagi gipotezani
to’g’riligini aniqlanadi (masalan, klasterlashtirish yordamida ajratilgan 
iste’molchilarning ikki guruhini farqi to’g’risidagi gipotezani tekshirish mumkin). 
Korrelyatsion tahlildan farqli o’laroq, dispersiyali tahlil o’zgaruvchilar o’rtasidagi 
bog’lanishlar zichligini baholash imkonini bermaydi. 
Regression tahlil. Bog’liqmas va bog’liq o’zgaruvchilar o’rtasidagi 
bog’lanishlarni aniqlashning statistik usuli. Qurilgan regression tenglamaga 
asoslangan regression tahlil har bir bog’liqmas o’zgaruvchining o’rganilayotgan 
(prognozlashtirilayotgan) bog’liq o’zgaruvchining o’zgarishiga qanday hissa 
qo’shishini aniqlaydi. Marketingda ko’pincha talabni prognoz qilish uchun 
foydalaniladi. 
Faktorlarni tahlil. Xususiyatlarning (yoki ob’ektlarning) mavjud bo’lgan 
bog’lanishlariga asoslanib, o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning yashirin 
(yoki hali aniqlanmagan) umumlashtiruvchi tavsiflarini aniqlashga imkon beruvchi 


usullar to’plami. Faktorli tahlilning asosiy maqsadlari o’zgaruvchilar sonini 
kamaytirish va o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash, ya’ni 
o’zgaruvchilarni tasniflashdir. O’zgaruvchilar sonini qisqartirish natijasida 
qoladigan umumlashgan parametr ularning eng muhim tomonlarini o’z ichiga 
oladi. Tasniflash bir-biriga bog’liq o’zgaruvchilardan bir nechta yangi faktorlarni 
ajratishni nazarda tutadi. Marketingda bu usul iste’molchilikning xulq-atvorini 
chuqurlashtirilgan 
tahlili, 
psixografikani 
rivojlantirish 
va 
boshqa 
aniq 
kuzatilmayotgan faktorlarni aniqlash zarur bo’lgan masalalarda foydalaniladi.. 
Yo’l (dala) sharoitidagi tadqiqotlar natijalari "qo’lda usuli" bilan ishlov 
berish uchun ancha murakkab bo’lgan o’zgaruvchining katta massivlarini tashkil 
etadi. Bugungi kunda tadqiqotchilarning arsenalida tahlil qilish jarayonini 
optimallashtirish va soddalashtirishga imkon beradigan ko’plab dasturiy paketlar 
mavjud. Ular orasida Statistica, Vortex, SPSS kabi paketlar eng keng tarqalgan 
hisoblanadi. 
Statistica - statistik tahlil va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, ma’lumotlar 
bazasini boshqarish va foydalanuvchi ilovalarni ishlab chiqish uchun 
mo’ljallangan, ilmiy tadqiqotlarda, texnikada, biznesda keng qo’llaniladigan tahlil 
usullarini o’z ichiga olgan universal kompleks tizimdir. 
Statistica dasturiy ta’minoti quyidagi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash 
protseduralarini amalga oshirish imkonini beradi: 
• tavsiflovchi statistika; 
• ko’p o’lchovli jadvallarni tahlil qilish; 
• ko’p o’lchovli regressiya; 
• diskriminantli tahlil; 
• moslikni tahlil qilish; 
• klasterli tahlil; 
• faktorli tahlil; 
• dispersiyali tahlil va boshqalar. 
Vortex dasturi quyidagilar uchun mo’ljallangan: 
• marketing yoki ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida to’plangan birlamchi 
ma’lumotlarni kiritish; 
• ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish; 
• tahlil natijalarini jadvallar, matnlar, grafiklar va diagrammalar shaklida 
taqdim etish hamda Microsoft Word va boshqa Windows/NT ilovalariga o’tkazish. 
Ma’lumotni tahlil qilish imkoniyatlari: 
• Vortex dasturi o’rganilayotgan o’zgaruvchilarni ifodalovchi statistikani 
amalga oshirish imkonini beradi: (statistik ko’rsatkichlarni: o’rtacha, moda, 
mediana, kvartil, dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlashish, variatsiya koeffitsienti, 
og’ish, ekstsess va boshqalarni hisoblash); 
• bir necha xususiyatlar bo’yicha iste’molchilarni segmentatsiyalash, 
shuningdek, ajratilgan maqsadli guruhlarni yoritish imkoniyatini beradi (chuqur 
tahlil qilish uchun kontekst - massiv osti hujjatlar ajratish, masalan, faqat 
erkaklarni yoki 20-25 yoshli respondentlarni). 


• Vortex dasturi yordamida marketingaviy natijaga ta’sir qiladigan 
o’rganilayotgan faktorlarning bog’lanishini aniqlaydigan korrelyatsion tahlil 
o’tkazish mumkin (Pirson, Gamma, Lyambda, Kramer, Yula, Fisher korrelyatsiya 
koeffitsientlarining ikki o’lchovli taqsimoti, X-kvadrat, Stьyudent mezonlari
statistik ahamiyatni aniqlash jadvallari uchun hisoblar). 

Download 215.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling