Windows uchun SPSS - analitik jarayonning barcha bosqichlari:
rejalashtirish, ma’lumotlar to’plash, ma’lumotlarga
kirish va ularni boshqarish,
tahlil qilish, hisobot tayyorlash va natijalarni tarqatish uchun mo’ljallangan,
modulli, to’liq integrallashgan, barchasi zarur bo’lgan imkoniyatlarga ega bo’lgan
dasturiy mahsulotdir. Windows uchun SPSS - statistika
usullaridan foydalangan
holda biznes muammolarini va tadqiqot masalarini hal
qilish imkonini beradigan
eng yaxshi dasturiy ta’minotdir.
SPSS dasturiy ta’minoti
chastotaviy tahlil,
tavsiflovchi statistika,
korrelyatsion tahlil,
dispersli tahlil,
klasterli tahlil, faktorli
tahlil va regression
tahlillarni amalga oshirish imkonini beradi.
SPSS dasturining analitik imkoniyatlari bilan quyidagi ma’lumotlarni
olish
mumkin:
• eng daromadli bozor segmentlari;
• raqobatchilarning o’xshash mahsulot/xizmatlariga nisbatan mahsulot /
xizmatlarni joylashtirish bo’yicha strategiyalar;
• mijozlar tomonidan mahsulot/xizmatlarning sifatini baholash;
• rivojlanish istiqbollari, o’sish uchun yangi imkoniyatlar;
• tadqiqot gipotezalarini tasdiqlash yoki rad etish.