1. Aerofotos’yomka turlari hamda kameral ishlari.
Aerofotosu’ratlarning soni va joylashishi boʻyicha
yakka kadrli,
marshrutli va koʻp marshrutli aerofotosyomka turlari ajratiladi.
Yakka kadrli aerofotosyomkada joy bir biriga bogʻlanmagan
alohida
alohida suratlar tarzida olinadi. Bu aerofotosyomka
suratlar orqali
stereoskopik kuzatuvlar zaruriyati boʻlmaganda amalga oshiriladi.
Aerofotos’yomka turlari
Bitta marshrutli aerofotosyemkada ketma-ket
olingan suratlar bir-birini
boʻylamasiga qoplab boradi. Ushbu qoplanish miqdori quyidagi ifoda yordamida
topiladi.
bu yerda l
x
– uchish yoʻnalishi boʻyicha aerosuratning oʻlchami,
P
x
– shu yoʻnalish boʻyicha suratning qoplangan qismi oʻlchami.
Odatda boʻylama qoplanish 60% dan 80% gacha boʻladi,
boʻylama qoplanishning eng kichik qiymati 56% ni,
eng katta
qiymati 85% ni tashkil qiladi. Ketma-ket olingan 2 ta
surat markaziy
nuqtalari orasidagi masofa suratga olish bazisi deyiladi.