Ma’ruza. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


Paleolit (yunoncha, “palayos” – qadimgi “litos” – tosh


Download 0.85 Mb.
bet2/4
Sana22.07.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1661642
1   2   3   4
Bog'liq
Uzb tarixi 1 маъруза

Paleolit (yunoncha, “palayos” – qadimgi “litos” – tosh) – insoniyat tarixining eng qadimgi davri bo‘lib, uning boshlanish sanasi taxminan bundan 3 mln. yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Bu davr asosan tosh qurollar davri edi. Insoniyat minglab yillar davomida yashash zaruriyati tufayli toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirib va rivojlantirib borgan, turmush tarzi hamda yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arxeologik nuqtai nazardan uch bosqichga: ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi. Ushbu bosqichlar arxeologik davrlashtirishga mansub bo‘lib, u faqat ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga, uni ishlash texnikasiga qarab bo‘lingan. Shuning uchun ham bu davr ijtimoiy munosabatlar evolyusiyasini bildirmaydi va belgilamaydi.
Fanda insoniyatning paydo bo‘lishi juda murakkab masala bo‘lib, bu jarayon asosan arxeologik va antropologik ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganiladi. Ammo, insoniyat paydo bo‘lishining afsonalar, rivoyatlar, ilohiyot va koinot bilan bog‘liq bo‘lgan nazariyalari ham mavjuddir. Misol uchun, yakka xudolikni targ‘ib etgan barcha diniy ta’limotlarda insonning paydo bo‘lishi yoki yaratilishi ilohiyot bilan bog‘lanadi. Xususan, “Bibliya” ta’limotiga ko‘ra, odamzod xudo tomonidan 7 ming yil ilgari “qizil loydan” yaratilgan. Muqaddas Qur’oni Karimda esa odamning loydan yaratilib Ollohning irodasi bilan unga jon ato etilgani ta’kidlanadi. Zardushtiylik dinida ham shunga o‘xshash rivoyatlar mavjud. Insoniyatning ilk vakillari sifatida “Bibliya”da Adam va Yeva, Qur’oni Karimda Odam ato va Momo Havo nomlari keltiriladi. Undan tashqari Yevropa olimlarining insoniyat qandaydir kichik mavjudotlar (bakteriyalar)dan paydo bo‘lganligi yoki koinotdan tushgan odam qiyofasidagi jonzotlar haqidagi nazariyalari ham bor.
“Avesto”ni o‘rganishni va avestoshunoslikni boshlab bergan olim esa 1755-1761 yillarda Pars qavmi orasida yashab ijod qilgan fransuz olimi Anketil Dyuperrondir.
Zardusht (Zaratushtra)-oq, oltin tuyalik ma’nosida berilgan nom bo‘lib, uning asl ismi Magupta bo‘lgan. U mil.avv. VIII asrning I choragida Quyi Amudaryo hududlarida yashagan Oriylar qabilalar ittifoqiga qarashli Spitama urug‘idan chiqqan Purishasp xonadonida tug‘ilgan. Shu urug‘ga tegishli Faroximning qizi Dug‘dava uning onasi bo‘lgan. Yoshligida otasi uni o‘z davrining aqlli odamlaridan biri bo‘lgan Barzin qurush (cho‘pon)ga shogirdlikka beradi.
Zardushtiylik ta’limoti Ovrupada yunoncha “astron” (yulduz) so‘zi bilan bog‘liq zaroastrizm nomi bilan mashhur.
Bir qator olimlarning fikricha, Zardusht o‘z ta’limoti targ‘ibotini O‘rta Osiyodayoq boshlagan, ammo o‘z vatanida muvaffaqiyat qozonmagach, bu yerni tark etishga majbur bo‘lgan.
Zardushtiylikning kitobi “Avesto” Eron hamda Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati (e’tiqodi, tili, jo‘g‘rofiyasi, adabiyoti), tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Tarixchi I.M.D’yakonovning yozishicha, Zardusht uzoq sargardonlikdan keyin Drangiyo (hozirgi Eron bilan Afg‘oniston chegarasida) o‘lkasiga borib, uning hokimi (kavi) Vishtaspa huzuridan panoh topgan.
Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto”dir. Abu Rayxon Beruniy o‘zining “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida bu muqaddas kitob haqida: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun “Avesto”ning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. “Avesto” o‘ttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi”, deb yozib qoldirgan.
Muqaddas “Avesto”ning saqlanib qolgan qismi 4 ta kitobni tashkil etadi.
1. “Vadovdat” – (Axuramazda va payg‘ambar muloqotlari).
2. “Yasna” – (Zardusht xatlari (gatlari) hamda 72 ta bashoratlari).
3. “Vispart” – (olamni bilish haqidagi pand nasihatlar).
4. “Bundaxash” (Yashta) – Axuramazdani zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug‘lovchi 22 ta qo‘shiqlar .
“Avesto” mil.avv. 250-yillarda arshaxiylar davrida yana tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to‘ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi davrida (mil.avv. III-IIasrlar) bu ish poyoniga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi qadimgi tilda, to‘rtinchisi esa Pahlaviy tilda tiklangan.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling