Nazorat uchun savollar
1. Insonlarning o‘z tarixini chuqur bilishi bilan ularning ongida qanday jarayon boshlanadi?
2. Sobiq tuzum davrida har qanday tarixiy voqealarni yoritishga hukmron partiya mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashilgan edi. Sovetlar tarixni o‘qitish va o‘rganish ishlarini qanday metodologiyaga bo‘ysundirgan edilar?
3. Tarixni yoritish va o‘rganishda olam yagona va yaxlit, barcha xodisa va voqealar umumiy va o‘zaro bog‘liqlikda, uzluksiz harakat hamda ziddiyatli taraqqiyotdaligini e’tirof etgan tamoyil muhim o‘rin tutadi. Bu tamoyil fanda qanday nom bilan ataladi?
4. Tarixiy voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag‘allar yoki boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo‘lib, u tarixni soxtalashtiradi. Shu bois, tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqazo etadi. Bu taqozo etilayotgan tamoyil tarixni yoritish va o‘rganishning qanday nomdagi tamoyili hisoblanadi?
5. Prezident I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kedajak yo‘q” nomli asarida inson ma’naviyatini tiklashi, o‘z yurtida boshini baland ko‘tarib yurishi uchun unga birinchi navbatda nima kerakligi ko‘rsatib berilgan?
Asosiy va qo`shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
Murtazaeva R.X va boshqalap. O‘zbekiston tarixi. Darslik. - T.: Yangi asr avlodi, 2005 (lotin alifbosida).
Murtazaeva R X. va boshkalar. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Akademiya. 2010.
Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va maxalliy boshqaruv tarixi. Darslik, -T.: Yangi asr avlodi, 2012.
Eshov B. Odilov A O‘zbekiston tarixi. I jild. Eng qadimgi davrdan XIX asr o`rtalarigacha. Darslik. T Yangi asr avlodi, 2014.
O‘zbekiston tarixi Darslik II jiid. Mualliflar jamoasi - T.. Yangi asr avlodi. 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |