Ma’ruza. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


Download 0.85 Mb.
bet1/4
Sana22.07.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1661642
  1   2   3   4
Bog'liq
Uzb tarixi 1 маъруза


  1. Ma’ruza. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi



Tarix - aslida arabcha so‘z bo‘lib, “o‘tmish”, “o‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish”ni anglatadi. Tarix odamzotning eng qadimgi davridan bugungi kungacha kechgan hayotini, bu o‘tmish hayotdagi tarixiy jarayonlarni, turmush tarzini, avloddan–avlodga meros bo‘lib, doimo rivojlanib, boyib borayotgan ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy–madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, o‘z xalqiga bosh bo‘lib, ularga yetakchilik qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solib o‘rganuvchi va tasvirlovchi fandir.
Mustaqillik yillaridagi “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” haqidagi, “O‘zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlar, “O‘zbekiston tarixini yaratish konsepsiyasi”ning ishlab chiqilishi, Prezident I.Karimovning 1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kabi ko‘plab asarlari O‘zbekiston tarixini zamonaviy o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bo‘lib xizmat qildi.
E’tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr hamda tafakkuri va dunyoqarashining hosilasidir. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, xushyorlik va ogohlikni targ‘ib etuvchi, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir.
O‘zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning qadimdan bugungi kunlarga qadar tarixiy yo‘lini, bu yo‘lda kechgan tarixiy jarayonlarni, ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. Shu jihatdan O‘zbekiston tarixi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Ajdodlarimiz hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan voqealar rivojining mazmun-mohiyatini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to‘plangan amaliy tajriba va saboqlarni;
– Xalqimizning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayonlarini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini;
– Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy, demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik-fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish va o‘z o‘rnini topish borasidagi faoliyatini o‘rgatadi.
Shu bois, O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
Yurtimiz va xalqimiz tarixini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, maqolalari va nutqlari, Farmon va qarorlari, istiqlol yillarida qabul qilingan Qonun va me’yoriy hujjatlar ham muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Uzoq davrlar davomida arxeologlarning eng so‘nggi xulosalariga ko‘ra eng qadimgi odamlar Afrikadan topilgan Zinjantroplar (3-3,5 mln. yil avval), Indoneziyaning Yava orolidan topilgan Petekantroplar (1 mln.-600-700 ming yil avval), Xitoydan topilgan Sinantroplar (500-600 ming yil avval) deb kelinar edi.
Ilmiy tadqiqotlarda tariximizning eng qadimgi davri tarixiy jihatdan ikkita yirik davrga: ibtidoiy to‘da va urug‘chilik jamoasi davriga bo‘linadi. Urug‘chilik jamoasi o‘z navbatida ikki bosqichga: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i)ga ajratiladi. Arxeologik jihatdan esa eng qadimgi davr mehnat qurollarining tayyorlanishi va takomillashuviga qarab paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davrlariga bo‘linadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling