ON
1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmetini aniqlang
a) xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha bosib o‘tgan uzoq va tarixiy yo‘lini xolisona o‘rganishdan iboratdir;
b) chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishidan to hozirgi kungacha xalqimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishdan iboratdir;
v) yurtimizda mustabid Sovet hokimiyatininog o‘rnatilishidan to hozirgi kungacha xalqimizning bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini xolisona o‘rganishdan iboratdir;
g) xalqimizning mustabid Sovet imperiyasining inqirozidan to hozirgi kungacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishdan va tushuntirishdan iboratdir;
2. Tarix...
a) forscha so‘z bo‘lib, “o‘tmish haqida fikrlash”, “o‘tmish voqealarini tahlil qilish” ma’nolarini anglatadi;
b) arabcha so‘z bo‘lib, “o‘tmish”, “o‘tmish voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi;
v) uyg‘urcha so‘z bo‘lib, “o‘tmishni eslash”, “o‘tmishdan saboq chiqarish” ma’nolarini anglatadi;
g) tojikcha so‘z bo‘lib, “ta” – xalq, “rix” – “o‘tmishi” ma’nolarini anglatadi.
3. O‘zbekiston chinakkam mustaqillikka erishishdan iborat o‘z yo‘li respublikani rivojlantirishning qanday o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga olishga asoslandi?
a) aholining milliy-tarixiy va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlari, respublikadagi o‘ziga xos demokratik vaziyatlarni hisobga olishga asoslanadi;
b) milliy tarkibning o‘ziga xosligi, respublikaning qulay geostrategik mavqei, tabiiy-iqlim sharoitlarining o‘ziga xosligini hisobga olishga asoslanadi;
v) respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan etarli potensialga egaligi, ma’lum qadriyatlarga ega bo‘lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini hisobga olishgai asoslanadi;
g) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |