Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish


Download 31.02 Kb.
bet1/10
Sana20.11.2023
Hajmi31.02 Kb.
#1789179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-ma\'ruza. YTN 2023

Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish.

Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish.


YIGIRISHDA TEXNIKAVIY NAZORAT
fanidan o’ninchi ma’ruza mashg’uloti
Reja
01
02
03
Pilik va undagi buramni nazorat qilish
Piliklash sexida texnikaviy nazorat
Pilik tarangligini tekshirish
Piliklash mashinalarida operatorlar ishlaydi. Ular piltasi tugagan tazlar o‘rniga piltali tazlarni keltirib qo‘yishadi, agar ikkinchi o‘tim pilik mashinasi bo‘lsa, u holda ta’minlash ramasi piligi tamom bo‘lgan g‘altaklar o‘rniga pilik to‘la g‘altaklarni qo‘yadi, uzilgan pilta va piliklarni ulaydi, pilik o‘ralib to‘lgan g‘altaklarni olib, o‘r­niga bo‘sh g‘altaklarni o‘rnatadi, mashinani tozalab turadi. Ba’zan to‘lgan g‘altaklarni maxsus ishchilar almashtiradi. Bitta operator kamida bitta yoki ikkita piliklash mashinasida ishlay olishi mumkin.

Komplekt usta yordamchilari

Komplekt usta yordamchilari


Piliklash sexida, asosiy ishchi-operatorlardan tashqari, komplekt usta yordamchilari ham bo‘ladi. Komplekt — bu sexning ma’lum uchastkasi bo‘lib, unda ma’lum miqdorda mashinalar bo‘ladi. Sex bir nechta komplektga bo‘linib, ularga alohida-alohida master yordamchisi tayinlanadi. Master yordamchisining asosiy vazifalari komplektdagi ishchilarni ish o‘rinlariga taqsimlash, ularning ish o‘rinlarini to‘g‘ri bajarishlarini tekshirib turish, mashinalarning tex­nik holatini a’lo darajada saqlash va ularning beto‘xtov ishlashini ta’minlashdir. Usta yordamchisi mashinadan maksimal foydalanishga harakat qilishi lozim. Bundan tashqari, u mashinalarning o‘z vaqtida ta’mirlanishini kuzatib turishi va o‘zi maxsus grafik asosida har bir piliklash mashinasini bir oyda bir marta profilaktik ta’mir qilishi kerak. U komplekt rejaning bajarilishi va mahsulot sifatining yaxshilanishiga ham javobgardir. Master yor­damchisi komplekt va sexda tozalikka hamda mehnat intizomi va madaniyatini kutarishga katta ahamiyat berishi kerak. U smena ishi boshlanmasdan 20—30 min ertaroq ishga kelib, smenani qabul qilib olishi va smena ishi tamom bo‘lmasdan komplektni ikkinchi smenaga tayyor qilib, o‘zidan smena oluvchiga topshirishi kerak.

Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling