Komplekt smena usta yordamchisining vazifalari
Shunday qilib, komplekt smena usta yordamchisining vazifalari ko‘p bo‘lib, ularning malakasi komplekt, sex va korxona rejasining bajarilishiga va mahsulotning sifatiga katta ta’sir qiladi.
Buning uchun, avvalo, mashinada ishlovchilar har smenada soatbay grafik asosida mashina holatiga qaraydilar: mashinalarni momiq va changdan tozalaydilar.
Maxsus instruksiyaga ko‘ra mashina organlari mashina moyi bilan moylab turilishi kerak.
Har qaysi mashina bir hafta ishlagandan so‘ng 40—45 min to‘xtatib qo‘yiladi va uni tozalovchi brigada tozalaydi.
Usta yordamchisi o‘z komplektidagi mashinalarni grafik bo‘yicha bir oyda bir marta profilaktik ta’mirlab turadi.
Maxsus grafik bo‘yicha mashinalarni joriy va mukammal ta’mirlash Maxsus grafik bo‘yicha mashinalarni joriy va mukammal ta’mirlash
Ta’mirlash bo‘limining ishchilari maxsus grafik bo‘yicha mashinalarni joriy va mukammal ta’mirlab turishadi. Agar korxonada ish ikki smenali bo‘lsa, mashinalar 6 oyda 1 marta, uch smenali bo‘lganda esa 4 oyda bir marta joriy ta’mir qilinadi. Mashinalarning mukammal ta’miri 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Piliklash mashinasi ta’mirdan chiqqandan so‘ng har tomonlama tekshirilib, qabul qilib olinadi. Joriy ta’mirdan chiqqan mashinalarni ta’mirchilar brigadasi va ta’mir ustasidan usta yordamchisi hamda smena ustasi qabul qilib oladi. Mukammal ta’mirdan chiqqan mashinani ta’mirlash bo‘limi boshlig‘idan sex boshlig‘i qabul qilib oladi. Topshirish vaqtida ta’mirchilar brigadasi, ta’mir ustasi, smena ustasi yordamchisi ham qatnashishadi. Odatda, ta’mirdan chiqqan mashinalarga ta’mir sifatini bildiradigan kamchiliklar qaydnomasi tuzilib, unda ta’mirga «a’lo» yoki «yaxshi» deb baho beriladi. Agar ta’mir «qoniqarli» bahoga qilingan bo‘lsa, mashina qabul qilinmaydi va ta’mirchilar uni qaytadan ta’mir qilishadi. Ta’mirdan chiqqan mashinalardan olingan mahsulotning sifati laboratoriyada tekshiriladi. Bu tekshirish natijalari normal bo‘lgandagina mashinani qabul qilib olishga tavsiya etiladi.
Hozirgi vaqtda to‘qimachilik korxonasidagi mashinalarni ta’mirlashda ishlab chiqaruvchi firma servis markazi xizmatidan ham foydalanishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |