Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish
Download 31.02 Kb.
|
10-ma\'ruza. YTN 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplekt usta yordamchilari
Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish.Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish.YIGIRISHDA TEXNIKAVIY NAZORAT fanidan o’ninchi ma’ruza mashg’uloti Reja 01 02 03 Pilik va undagi buramni nazorat qilish Piliklash sexida texnikaviy nazorat Pilik tarangligini tekshirish Piliklash mashinalarida operatorlar ishlaydi. Ular piltasi tugagan tazlar o‘rniga piltali tazlarni keltirib qo‘yishadi, agar ikkinchi o‘tim pilik mashinasi bo‘lsa, u holda ta’minlash ramasi piligi tamom bo‘lgan g‘altaklar o‘rniga pilik to‘la g‘altaklarni qo‘yadi, uzilgan pilta va piliklarni ulaydi, pilik o‘ralib to‘lgan g‘altaklarni olib, o‘rniga bo‘sh g‘altaklarni o‘rnatadi, mashinani tozalab turadi. Ba’zan to‘lgan g‘altaklarni maxsus ishchilar almashtiradi. Bitta operator kamida bitta yoki ikkita piliklash mashinasida ishlay olishi mumkin. Komplekt usta yordamchilariKomplekt usta yordamchilariPiliklash sexida, asosiy ishchi-operatorlardan tashqari, komplekt usta yordamchilari ham bo‘ladi. Komplekt — bu sexning ma’lum uchastkasi bo‘lib, unda ma’lum miqdorda mashinalar bo‘ladi. Sex bir nechta komplektga bo‘linib, ularga alohida-alohida master yordamchisi tayinlanadi. Master yordamchisining asosiy vazifalari komplektdagi ishchilarni ish o‘rinlariga taqsimlash, ularning ish o‘rinlarini to‘g‘ri bajarishlarini tekshirib turish, mashinalarning texnik holatini a’lo darajada saqlash va ularning beto‘xtov ishlashini ta’minlashdir. Usta yordamchisi mashinadan maksimal foydalanishga harakat qilishi lozim. Bundan tashqari, u mashinalarning o‘z vaqtida ta’mirlanishini kuzatib turishi va o‘zi maxsus grafik asosida har bir piliklash mashinasini bir oyda bir marta profilaktik ta’mir qilishi kerak. U komplekt rejaning bajarilishi va mahsulot sifatining yaxshilanishiga ham javobgardir. Master yordamchisi komplekt va sexda tozalikka hamda mehnat intizomi va madaniyatini kutarishga katta ahamiyat berishi kerak. U smena ishi boshlanmasdan 20—30 min ertaroq ishga kelib, smenani qabul qilib olishi va smena ishi tamom bo‘lmasdan komplektni ikkinchi smenaga tayyor qilib, o‘zidan smena oluvchiga topshirishi kerak. Download 31.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling